Ikkinchi mashg’ulot mavzu: Kasb psixologiyasining tadqiqot metodlari (2 soat)



Yüklə 35,15 Kb.
səhifə2/13
tarix23.02.2023
ölçüsü35,15 Kb.
#85298
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2-seminar KP

II. Mavzuning qisqacha tavsifi
Mavzu: Kasb psixologiyasining tadqiqot metodlari
Reja:
1. Psixologik tarmoqlar klassifikasiyasi.
2. Psixologiyaning asosiy metodlari, ulardan foydalanish va qo’llash bo’yicha amaliy ko’nikmalarni shakllantirish.
3. O’qitish modellari va tajribani o’lashtirish mexanizmlarining tavsifi.


Tayanch iboralar: amaliy psixologiya, psixika, psixik jarayonlar, psixik holatlar va xususiyatlar, kasbiy faoliyat, tadqiqot metodlar: kuzatish, eksperiment, anketa, test;
Kasb psixologiyasi fanida quyidagi tadqiqot metodlarining tasnifidan foydalaniladi. Tadqiqiy metodlar (usullar) - bu psixikaning xususiyatlari, qonuniyatlari va mexanizmlari haqidagi yangi ob`ektiv bilimlar olishga yo`naltirilgan maxsus tarzda tashkil topgan faoliyat usullaridir. Sub`ektiv yangi bilimlar (dalillar, baholar, ko`rsatkichlar, belgilar, psixologik yordam, maslahat, korreksiya uchun muhim) omillarga qaratilgan psixologiya usullarini umumiy, pragmatik uslublar deb ataladi. Kasb psixologiyasi metodlari asosan ikkita metodologik tamoyillarga asoslanadi: Sub`ektiv tamoyil - o`zini o`zgartirishga qaratilgan kasbiy shakllanishga erishishni ta`minlovchi tamoyil. Ob`ektiv tamoyil - psixik hodisalarni tashqi tomonlama anglashning turli tadqiqiy vositalari orqali kasbiy shakllanish belgilarini o`rganishni nazarda tutuvchi tamoyil.
Tadqiqiy metodlarining 2 ta turi mavjud: 1. Longityud; 2. Kesimli.
Longityud metodi – ma`lum kishilar guruhi yoki aniq kishilarning bir xil belgilariga ko`ra psixik xususiyatlarini davomli va muntazam o`rganishni nazarda tutadi.
Kesimli metod - ma`lumotlarni tadqiqotda qatnashuvchilarning turli guruhlariga nisbatan taqqoslash xosdir. Bu metod orqali sinovdan o`tayotganlarning ko`p miqdorini qisqa vaqt ichida qamrab olishi mumkin. Kesimli tadqiqotlarni o`tkazishda savol-javob usullari, testlar tajribalar keng qo`llaniladi.
Longityud metodi - kasbiy shakllanishda individual yo`lni o`rganishga yordam beradi. Mazkur metod yordamida shaxsning obro` orttirishi, uning faoliyatidagi turli xildagi tanqidiy holatlarini aniqlaydi. Psixologiyada qo`llaniladigan tadqiqot usullari kelib chiqishiga ko`ra umumpsixologik ko`rinishga ega, lekin spesifik xususiyatiga ega emas. Kasb psixologiyasi yosh psixologiyasiga yondosh ekanligini hisobga olsak, bu o`z navbatida shakllanib bo`lgan metodlarni o`zlashtirishga olib keladi. Barcha tadqiqotlarda keng doirada metodlarni qo`llash o`ziga xos tadqiqiy metodlarni yaratilishiga olib keladi. Kasb psixologiyasi tadqiqot metodlarining tizimlanishi, ularning qo`llanishi sohasini aniqlash shuningdek, sifat, xususiyatini ko`rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Psixologiya fanida yagona umuman olganda, tadqiqot metodlarining to`liq tasnifi mavjud emas. Ko`pincha, alohida metodlar yoki psixologiyada ma`lum muammoni hal etishga tavsiya etiladigan metodlar ro`yxati beriladi. Psixologiyaning metodlar tizimini tahlil etgan olimlar quyidagi metodlar guruhini taklif etadi:
1. Tadqiqotni tashkillashtirish va rejalashtirish metodlari, ya`ni tashkiliy metodlar.
2. Dalillar to`plash, ilmiy ma`lumotlar olishga qaratilgan empirik metodlar(usullar).
3. Ma`lumotlarni qayta ishlash usullari.
4. Interpretasion metodlar(usullar).
Boshqa bir qator psixolog-olimlar psixologiyasining quyidagi usullarini ajratishadi:
1. Sub`ektiv metodlar (o`zini o`zi kuzatish);
2. Ob`ektiv metodlar (kuzatishning har xil turlari; eksperimental, testlar, savol-javob, so`rovnomalar).
Afsuski, bu metodlar muallifi psixologiya metodlarining tasniflanishini (klassifikasiya) taqdim etmay, faqatgina psixologiya fanidagi mavjud metodlarini sanab o`tish bilan chegaralanadilar. Bu esa o`z navbatida aniq ilmiy tasniflanishning mavjud emasligi, psixologiyada metodlarning ko`pligi hamda bir tizimga solinmaganligi bilan izohlanadi. Yosh va pedagogik psixologiyaning metodlarini tahlil etib, tadqiqiy metodlarni tasniflashning asosi sifatida muhim jihatlarini ajratib olish kerak.
Bu masalalar 4 xil shaklga ega: tasvirlash, o`lchash, tushuntirish va psixik hodisani shakllantirishdan iborat. Shunga muvofiq metodlarning 4 ta guruhi taklif etiladi:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin