Ilk qadam”davlat o’quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat markazlarida ta’lim jarayonlarini tashkil qilish. Reja



Yüklə 183,71 Kb.
səhifə18/36
tarix14.12.2023
ölçüsü183,71 Kb.
#178229
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
“Ilk qadam”davlat o’quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashk-fayllar.org (1)

6-7 yoshli bolaning muloqoti. Bu yoshdagi muloqot vaziyatli-shaxsiy, ya’ni, berilgan konkret vaqtdagi vaziyatni emas, balki “nima bo‘ldi” yoki “nima bo‘ladi” tarzidagi vaziyatni aks ettiruvchi sifatida bo‘ladi. Muloqotning asosiy mazmuni kishilar dunyosi, xulq-ator qoidalari, tabiiy hodisalardan iborat bo‘ladi. Kattalar dunyo tabiatini ochuvchi ijtimoiy me’yorlar, ijtimoiy kontaktlar va odamlar orasidagi qoidalarning tashuvchisi bo‘lib sanaladi. muloqot jarayonidagi yetakchi ehtiyoj – o‘zaro tushunish, his-tuyg’ularni his qilish ehtiyojidir. Bola kattalar bilan o‘zining ham ijobiy, ham salbiy yorqin kechinmalari bilan o‘rtoqlashadi. Ota-onalar hamda pedagoglaning asosiy vazifasi bolaning emotsiyalarini ularning bola hayoti uchun ahamiyatliligini kamaytirmagan holda qabul qilishdan iboratdir.
Tengdoshlari bilan muloqotda bola yoshining quyidagicha namoyon bo‘lishi ifodalanadi:

7 yoshlarga kelib bolada maktabgacha bo‘lgan yosh davri tugaydi. Bu davrdagi asosiy ko‘nikmalar bo‘ilb quyidagilar sanaladi:


  • bola tomonidan odam turmush madaniyati predmetlari va narsalari dunyosining o‘zlashtirilishi;


  • boshqa kishilar bilan pozitiv muloqot qila olish qobiliyati;


  • “maktab o‘quvchisi ichki hissiyoti”ning shakllanishi, ya’ni, ongli ravishda, u nima qilish kerakligi va kattalar undan nimani kutayotganliklarini to‘la tushuna olish bilan bolaning maktabga borish istagining paydo bo‘lishi.


Maktabgacha yoshda davomida bolalar narsalar dunyosini kishilik madaniyatining predmetlari sifatida o‘zlashtiradilar; boshqa kishilar bilan pozitiv muloqot qilishni o‘rganadilar; ularda jinsiy identifikatsiyalanish rivojlanadi, maktab o‘quvchisi pozitsiyasi shakllanadi.


Maktabgacha bo‘lgan yosh oxiriga kelib bola endilikda bilishga doir va shaxsiy rivojlanishning yuqori darajasiga ega bo‘lib, bu unga maktabda keyinchalik muvaffaqiyatli o‘qishga imkon beradi.

Yüklə 183,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin