“Ilk qadam”davlat o’quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashk-fayllar.org (1)
Tayyorlov guruh: yuvinish, ovqatlanish, kiyinish kabi ko‘nikma va malakalarni rivojlantira borib, odatga aylantirish. Ertalab ota – ona, kattalar va tengqurlar bilan yuvinib bo‘lgach salomlashish kerakligini ongli ravishda idrok etishga o‘rgatish. Kundalik zaruriy holatlarda (hojat, yuvinish, kiyinib-echinish) o‘g‘il va qiz bolalarga alohida yondashish. Bolalarda “uyat”, “ibo” kabi xislatlarni tarbiyalab borish. Sochga oroyish berish, tirnoqlarni ko‘zdan kechirishga o‘rgatish. Kiyimlarni o‘z o‘rnida kiyishga, asrashga odatlantirish. Kiyimlardan foydalanish tartiblariga qarab o‘z o‘rnida qo‘llashga o‘rgatib borish (MTTda, mehmonda, kundalik faoliyatlarda), sabab – oqibat bog‘lanishlarni mustaqil seza olishga va uni oldini olishga tarbiyalash. Oilaning umumiy iqtisodiy taqsimotidan kelib chiqib, o‘ziga bog‘liq narsalarni tejab foydalanishga o‘rgatish. Sabr-qanoat qilishning oddiy ko‘rinishlarini singdirib borish.
Yuvinish jarayonida bir-biriga (suv quyganda o‘ng qo‘lida obdasta, yelkasida sochiq kabilar) nisbatan mulozamat elementlarini tarbiyalash.
Shunday qilib, jismoniy tarbiya – tarbiyalanuvchilarning jismoniy va sportga oid faoliyatlarini maqsadga yo‘naltirilgan, aniq tashkil etiladigan va rejali tarzda amalga oshirish tizimi bo‘lib, MTTda ushbu tizim doirasida turkum tadbirlarning amalga oshirilishi bolalarning jismonan va ruhan baquvvat bo‘lib o‘sishlariga yoram beradi. Maktabgacha ta’lim davrida bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashning asosiy maqsadi bolalardagi turli ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ulardagi kuchlilik, tetiklik, chaqqonlikni amalga oshirish, ziyraklik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan iboratdir. Muntazam ravishda o‘tkaziladigan jismoniy mashg‘ulotlar bolalarning o‘sish va rivojlanish jarayoniga ijobiy ta’sir qilib, ijodiy imkoniyatlarini oshiradi. MTTda tarbiyalanuvchilarni jismoniy tarbiyalashda sog‘lomlashtiruvchi, tarbiyaviy va ta’limiy kabi birinchi darajali vazifalar ijobiy hal etiladi. Talabalar MTTda jismoniy tarbiyani samarali tashkil etish yo‘llari, shakllari, metodlari, vositalari, omillari hamda gigeniye talablaridan yetarlia xabardor bo‘lishlari zarur