Bolalarning musiqiy qobiliyatlari musiqiy mashg‘ulotlarning barcha elementlarini amalga oshirish jarayonida muntazam ravishda rivojlanib boradi.
bolalarni musiqaga bo‘lgan qiziqishlarini o‘stirish;
musiqiy asarlar bilan tanishtirish jarayonida bolalarda emotsional his-tuyg‘ularini hosil qilish yo‘li bilan ularning musiqa haqidagi tasavvurlarini boyitish;
bolalarni musiqaga tinglash, qo‘shiq kuylash, musiqa ostida ritmik harakatlarni bajarish, bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish faoliyatlari yordamida ijodiy qobiliyatlarini shakllantirib borish;
bolalar ovozini asrab tarbiyalash, qo‘shiqlarni sodda, ravon, erkin, tabiiy va ifodali kuylash o‘rgatish va odatlantirish;
musiqiy asarlardan zavq olishni, shu asosda musiqiy did va badiiy fikr yuritishni rivojlantirish;
musiqa mashg‘ulotlari jarayonida musiqiy asardagi badiiy obrazlarni o‘yin va raqs shaklida ifoda etishga o‘rgatish;
musiqa mashg‘ulotlari jarayonida bolalarni milliy qadriyatlar bilan tanishtirish, milliy cholg‘u asboblar jo‘rligida milliy musiqiy-ritmik harakatlarni bajarishga o‘rgatish;
musiqa mashg‘ulotlari mazmunini bog‘cha hayoti bilan bog‘lash, MTTda o‘tkaziladigan tadbirlarda o‘rganilgan kuy va qo‘shiqlar bilan ishtirok etish.
Dostları ilə paylaş: