Ilk qadam”davlat o’quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat markazlarida ta’lim jarayonlarini tashkil qilish. Reja



Yüklə 183,71 Kb.
səhifə33/36
tarix14.12.2023
ölçüsü183,71 Kb.
#178229
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
“Ilk qadam”davlat o’quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashk-fayllar.org (1)

Katta guruh (5-6 yosh) tarbiyalanuvchilari bilan tarbiyachi jismoniy tarbiya faoliyatiga oid turli usullarni bolalar bilan birgalikda ularning hohishlarini hisobga olgan holda tanlashi maqsadga muvofiqdir. Ularni jismoniy tarbiya bo‘yicha mashqlarni ongli ravishda tushunib, aniq va to‘g‘ri bajarishga, harakatli o‘yinlarning qoidalariga rioya etishga, yengil yurish va yugurish, yurish vaqtida tayanchga kuchliroq tayanib itarilib chopish, oyoqni balandroq ko‘tarish, qadam oralig‘ini oshirish uchun sekin, o‘rtacha tezlikda, tez yugurishga, yugurish vaqtida turli to‘siqlardan sakrab o‘tishga o‘rgatib boriladi
Mazkur yosh guruhi tarbiyalanuvchilarida quyidagi jismoniy ko‘nikma va malakalar tarkib toptirilishi lozim:
1) yugurib kelib balandlik va uzunlikka sakrash, sakrashning turiga qarab yerga tushish, tushayotgan vaqtda o‘zini yig‘ishtirib olish ko‘nikmalarini shakllantirish, bir qo‘l bilan koptokni otish va ilib olishga, biror buyumni qulochkashlab otishni, irg‘itib tashlash bilan birga qo‘shib olib borishga, tirmashib chiqish va tushishning turli xil usullarini o‘rgatish, bolani o‘z harakatini bajarishga, tahlil qilishga, o‘zga bolalar xatti-harakati bilan qiyoslashga, qomatni to‘g‘ri tutishga, muskullarni mustahkamlashga yordam beruvchi mashqlarni bajara olish;
2) velosipedda uchish, suzishga oid turli usullar, har xil sport o‘yinlarining qonun-qoidalari, kurash tushishning ayrim usullari, qoidalarini o‘rganish;
3) jismoniy sifatlarni o‘stirish, muvozanat saqlash, harakatni boshqarish hamda fazoda mo‘ljalga ola bilish;
4) turli usullarda yarim o‘tirgan holda tovonda barmoq uchlari bilan qadam tashlab turli tomonga oyoqni yonlama qilib, qarsak chalib yurish, oyoq uchida, qo‘llarni bosh orqasiga qo‘yib yurish; ko‘zni yumgan holda 3-4 metr masofani o‘tish, oyoqlarni chalishtirib yurish; harakatlarni bajarib yurish;
5) oyoq uchida kichik va katta qadam tashlab to‘siqlarni oshib yoki aylanib o‘tish, yugurish vaqtida turli buyumlar orasida ilon izi bo‘lib yugurish (yugurish 1,5-2 daqiqa davom etadi) hamda 60-100 metrga o‘rta tezlikda yugurish;
6) turgan joyda oyoqni juftlab sakrash, oyoqni chalishtirib to‘g‘irlab, galma-galdan o‘ng yoki chap oyoqdan sakrash, oyoqni juftlab yonlamasiga pastroq to‘siq ustidan sakrab o‘tish: goh o‘ng oyoqda, goh chap oyoqda sakrash, 80 sm uzunlikka sakrash yugurib kelib balandlikka uzunlikka sakrash, qimirlab turgan va qimirlamay turgan arg‘imchoq ustidan sakrash.

Yüklə 183,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin