Yuqorida ko‘rsatilgan barcha vazifalarni uslubchi tomonidan amalga oshirishida asosiy o‘rinni egallaydi.
“Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunining 39 - moddasida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodnmlarining huquq va majburnyatlari” belgilab berilgan bo‘lib, uslubchi ham bevosita ana shu talablarga so‘zsiz amal qiladi.Bajarilishini nazorat qiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari:
kasbiy sha’ni, qadr - qimmati va ishchanlik obrusini himoya qilish;
ijodiy tashabbus ko‘rsatish, ta’lim va tarbiya uslubiyotlarini, o‘quv qo‘llanmalari hamda ta’lim vositalarini erkin tanlash;
maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarishda ishtirok egish;
maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
pedagogik faoliyatidagi muvaffaqiyatlar uchun ma’naviy va moddiy rag‘batlantirilish;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi ilmiy, innovatsion, xalqaro faoliyatda ishtirok etish huquqiga ega.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini o‘z kasbiy majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq bo‘lmagan ish turlariga jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari:
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Ta’lim - tarbiya jarayonidan siyosiy maqsadlarda yoki bolalarni qonun hujjatlariga zid bo‘lgan harakatlarni sodir etishga undash uchun foydalanish taqiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |