Maktabgacha ta`lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi bajarilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi, ta’lim - tarbiyaviy ishning to‘g‘ri uyushtirilishi uchun javobgar;
ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi, pedagogik kengashda ko‘rib chiqish uchun zarur materiallarni tayyorlaydi;
maktabgacha bolalar tashkilotidagi metodik xonaning ishini tashkil qiladi; bolalarning yoshlariga muvofiq pedagogik qo‘llanmalar va o‘yinchoqlarni tanlaydi.
Ota-onalar o‘rtasida pedagogik bilimlarni targ‘ib qilish, turli yosh guruhlari tarbiyachilari, shuningdek maktabgacha bolalar tashkiloti va maktab ishida ketma-ketlilikni ta’minlash bo‘yicha ishni uyushtiradi.
Uslubchi shuningdek pedagogik kengashni tashkil etadi va borish jarayonini kuzatib boradi.
Uslubchining ish hujjatlari 04 - indeks raqami bilan boshlanadi:
Y/J
Indeksi
|
Yig‘ma jild nomi
|
Saqlanish muddati va modda nomlari
|
Izoh
|
04 – Maktabgacha ta’lim tashkiloti metodisti
|
04-01
|
Davlat talablari, o‘quv dasturlari va metodik qo‘llanmalar
|
Yangilar bilan almashtirilgandan so‘ng
27b-modda
|
|
04-02
|
Metodistning shaxsiy ish rejasi (Ish jurnali)
|
3 yil 124-modda
|
|
04-03
|
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim sifati hamda pedagoglarning kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha ish rejalari
|
3 yil 171-modda
|
|
04-04
|
Bolaning rivojlanish haritasi yuritilishini nazorat qilish kitobi
|
3 yil 124-modda
|
|
Pedagoglar uchun maslahatlar soati metodist tomonidan tashkil etilib, unda mudira, metodist, psixolog, shifokor, musiqa rahbari, defektolog, ilg‘or pedagoglar ma’ruzalar va mahorat darslarini o‘tadi.
Maslahat soatlari oyda ikki marta (un besh kunda bir marta) har bir yo‘nalish bo‘yicha dolzarb mavzular asosida rejalashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: |