Ilk qadam”davlat o’quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat markazlarida ta’lim jarayonlarini tashkil qilish. Reja


Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil qilish



Yüklə 183,71 Kb.
səhifə23/36
tarix14.12.2023
ölçüsü183,71 Kb.
#178229
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36
“Ilk qadam”davlat o’quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashk-fayllar.org (1)

Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son qaroriga muvofiq, shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sog‘lom, faol, to‘laqonli, jamiyatga moslashgan bola shaxsini shakllantirish, o‘sishida turli nuqsonlari bo‘lgan bolalarni, shuningdek reabilitatsiya qilish va sog‘lomlashtirishga muhtoj bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va integratsiya qilish uchun qulay muhit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:


Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi huzuridagi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda respublika davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rganishni ta’minlasin. O‘rganish yakunlariga ko‘ra:
2019-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda — Toshkent shahri davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini maqbullashtirish bo‘yicha;
2019-yil 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini maqbullashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
2019-yil 1-iyundan boshlab davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi;
2019-yil 1-sentabrdan boshlab davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari yordamchilarining, shuningdek, qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi o‘sishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda ishlaydigan tarbiyachilar, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlari yordamchilarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi uch oy muddatda umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining, ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining namunaviy shtat birliklarini qayta ko‘rib chiqsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi uch oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqib Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.


Umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risida
1-bob. Umumiy qoidalar
2-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadlari va vazifalari
3-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi
4-bob. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash
5-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
6-bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tashkil etish
7-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish va undan chiqarish
71-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotida defektolog faoliyatini tashkil etish
8-bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlarini to‘ldirish
9-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ovqatlanishni tashkil etish
10-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar sog‘lig‘ini asrash
11-bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini moliyalashtirish
12-bob. Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotida parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar to‘lovi
13-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish
14-bob. Yakunlovchi qoidalar

Yüklə 183,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin