“Ilk qadam”davlat o’quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashk-fayllar.org (1)
U nafaqat puxta nazariy tayyorgarlikka, balki bilim va tajribalarini amalda qo‘llash ko‘nikmasiga ham ega bo‘lishi zarur. Tajribali uslubchi tashabbuskorligi va ishga ijodiy yondashish g‘oyalarini umumlashtira bilishi, aniq, masadni kuzlab faoliyat yuritishi, har bir tarbiyachining imkoniyat va qobiliyatlarini e’tiborga olishi bilan ajralib turadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchisining ta’lim - tarbiya yo‘nalishidagi faoliyatining samaradorligi, uning obru - e’tibori ko‘p jihatdan pedagoglar jamoasi, eng avvalo, tashkilot rahbariyatining jipsligi, uyushoqoqligi va bir yoqadan bosh chiqarib faoliyat yuritishiga bog‘liqdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim - tarbiya ishlarini talab darajasida amalga oshirish, tarbiyachilarda mehnat intizomiga qat’iy amal qilish ko‘nikmasini, bir - birining kamchiliklariga tanqidiy munosabatni shakllantirish, mehnat va ijodiy faolligini oshirish orqali ish samaradorligini ko‘tarish; qabul qilingan qarorlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uslubchidan yuksak bilim va malaka, tarbiyachilar bilan ularning ruhiyatini inobatga olgan holda ishlash salohiyati, katta tajriba hamda ko‘plab ma’naviy fazilatlar sohibi bo‘lishni talab etadi. Shuning uchun ishini endi boshlayotgan har bir yosh mutaxassis yordam va maslahatga muhtojligini e’tiborga olib, uni yetarli bilim va tajribaga ega murabbiyga biriktirish maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelgan yosh mutaxassis kasb mahoratini egallashi va jamoada obru - e’tibor qozonishi oson kechmaydi. Shuning uchun ham uslubchining asosiy vazifalaridan biri - yosh mutaxassisning yetuk tarbiyachi - pedagoglarning ilg‘or ish tajribasi va usullarini egallash, o‘z ustida tinimsiz ishlab, bilim doirasini kengaytirib borish va ularni ta’lim - tarbiya jarayoniga joriy etish borasidagi intilishlarini har jihatdan qullab - quvvatlash, zarur hollarda amaliy yordam va maslahat berishdan iborat. Tajribali uslubchining tashabbuskorligi va ishga ijodiy yondoshishi: g‘oyalarini umumlashtira bilish, maqsadga muvofiq ishlash, har bir tarbiyachining imkoniyat va mohoratlarini hisobga olishga qarab farqlanadi.
Uslubchi talablarni qo‘yishda talabchan va qat’iy bo‘lishi kerak. Rahbarning o‘ziga bo‘ysinuvchilar bilan muloqotining emotsional - irodaviy tomonini ifodalovchi bu sifatlar rahbarlik uslubining muhim xislati - talabchanlikni hosil qiladi. Yuksak talabchanlikni sezgirlik, hayrixohlik, odamlarga hurmat bilan birga qo‘shib olib borish zarur.
Talabchanlik - bu qattiqqo‘llik degan gap emas. Buyruqlar, qattiq tanbehlar, hayfsanlarning foydasidan ko‘ra zarari ko‘proq va bu odatda rahbarning kuchliligidan emas, balki zaifligidan dalolat beradi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim - tarbiyaviy faoliyatining samaradorligi, uning obro‘si ko‘p jihatdan pedagoglar jamoasining jipslashganligiga, eng avvalo butun maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarning birgalikda, hamjihatlikda va o‘zaro bir-birlarini tushunishlariga bog‘liq bo‘ladi.
Tarbiyachilarning aniq intizomi va ishda uyushqoqligini ta’minlash; jamoada jamoatchilik fikrini, tarbiyachilarning bir - birlarining kamchiliklariga tanqidiy munosabatini shakllantirish, mehnatdagi faolligi va ijodiy ishlash ehtiyojini rag‘batlantirish; qabul qilingan qarorlar yechimini ta’minlash kabi sotsial -psixologik masalalarni hal qilish uslubchi uchun birmuncha murakkablik qiladi.
Uslubchi maktabgacha bolalar tashkilotidagi ta’lim - tarbiyaviy ishga metodik rahbarlikni amalga oshiradi.