Pedagogik jarayonni jamoa bo‘lib kuzatish Pedagogik jarayonni jamoa bo‘lib kuzatish har bir guruhlar kesimida yilda 2 marta rejalashtiriladi. Bunda, markazlarda ishlash, umumiy guruh bo‘lib ishlash jarayonlarining tashkil etilishi kuzatiladi. Pedagogik ish staji 3 yil bo‘lmagan yosh mutaxassislar uchun pedagogik jarayonni jamoa bo‘lib kuzatish rejalashtirilmaydi.
Ko‘rik - tanlovlar va tadbirlar Mazkur bandga ko‘rik - tanlovlar va ommaviy tadbirlar, bayram ertaliklari, ko‘ngil ochish soatlari, sport bayramlari va musobaqalari rejalari kiritiladi.
Yosh mutaxassislar bilan ishlash Maktabgacha ta’lim tashkilotida yosh mutaxassislar soni 3 nafardan ko‘p bo‘lgan taqdirda yosh mutaxassislar bilan ishlash rejasi tuziladi.Bu rejada yosh mutaxassislar tajribali pedagoglarga biriktirilib, maslahat soatlari belgilanadi.
Ilg‘or ish tajribani o‘rganish va ommalashtirish Pedagogning ilg‘or ish tajribasi bir yil o‘rganiladi, bir yil keyin ya’ni ikkinchi yili ommalashtiriladi, uchinchi yili o‘rganilgan va ommalashtirilgan hujjatlar umumlashtirilib, tuman miqyosida ommalashtirishga tavsiya qilinadi. Ilg‘or ish tajribani o‘rganish - seminar yoki ishlab chiqarish yig‘ilishlarida, ommalashtirish pedagogik kengashda muhokama qilinadi (Maktabgacha ta’lim tashkiloti, tuman, viloyat va respublika miqyosida shu bosqichda amalga oshiriladi).
MTTning metodik ta’minoti va resurs bazasini boyitish Yillik ish reja asosida olib borilgan tashkiliy va ta’lim-tarbiyaviy ishlar asosida to‘plangan materiallar: