Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik ishlarni tashkil etish va rahbarlik qilish. Maktabgacha ta’lim tashkiloti qonun hujjatlarida belgilanganidek va “Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risida” Nizomda, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkiloti ustavida nazarda tutilgan tartibda boshqariladi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim standartida uslubchining malaka tavsiflari, lavozim vazifalari aniq belgilab berilgan. U ta’lim - tarbiya uslublarini mukammal egallagan, siyosiy ongi, dunyoqarashi keng, yuksak ma’naviy fazilatlar sohibi, tadbirkor, kamida bitta xorijiy tilni biladigan pedagoglar orasidan tayinlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
tashkilotdagi ta’lim - tarbiya ishlariga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
Maktabgacha ta`lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi bajarilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi, ta’lim - tarbiya ishlarining to‘g‘ri tashkil etilishi uchun javob beradi;
shtor pedagogik tajribani o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirishga mas’uldir;
tashkilotdagi metodik kabinetning ishini tashkil qiladi;
bolalarning yoshlariga muvofiq pedagogik qo‘llanmalar va o‘yinchoqdarni tanlaydi;
ota - onalar o‘rtasida pedagogik bilimlarni targ‘ib etish, turli guruh tarbiyachilari, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkiloti va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda uzviylikni ta’minlashga yunalti- rilgan ishlarni tashkil etadi.
Uslubchi hamkasblarining hurmatini qozonish va ularga o‘z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlarida yordam berish uchun muayyan rahbarlik salohiyatiga ham ega bo‘lishi lozim.