Ilk qadam”davlat o’quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat markazlarida ta’lim jarayonlarini tashkil qilish. Reja



Yüklə 183,71 Kb.
səhifə34/36
tarix14.12.2023
ölçüsü183,71 Kb.
#178229
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
“Ilk qadam”davlat o’quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashk-fayllar.org (1)

Tayyorlov guruhi (6-7 yosh) tarbiyalanuvchilarini jismoniy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
  • jismoniy mashqlar va o‘yinlar yo‘li bilan harakatlarni takomillashtirish jarayonida jismoniy sifatlarni o‘stirish hamda kundalik harakat faolligiga bo‘lgan ehtiyojini shakllantirish;


  • yugurishning mustaqil mashq qilish, unchalik murakkab bo‘lmagan o‘yin va musobaqalar uyushtirish;


  • mashqlar va o‘yinlarni tanlashda mashg‘ulotlar uchun joylarni tayyorlashda va jihozlarni saqlashni ta’minlashda tashabbus ko‘rsatish;


  • mashg‘ulotlar vaqtida barcha harakatlantiruvchi mashq-larning tabiiy holda, yengillik bilan va to‘g‘ri bajarilishiga erishish hamda yurishning har xil turlaridan sharoitga qarab foydalanishga o‘rgatish;


  • bolalarga predmetlarni uzoqqa va nishonga irg‘itishda barmoqlarni oxirgi marta kuchli harakatlantirib otishga o‘rgatish hamda turli usullar bilan gimnastika narvonchasiga, arqonli narvonchaga tirmashib chiqishni mashq qildirish;


  • jismoniy sifatlar – tezkorlik, chaqqonlikni o‘stirish;


  • mashqlarni bajarish paytida chidamlilik va kuch ko‘rsatishga imkon berish;


  • muvozanat saqlashni his etishni, harakatlarni boshqarish va bo‘shliqda chamalashni takomillashtirish;


  • ertalabki badantarbiya mashqini muntazam ravishda bajarish ishtiyoqini shakllantirish, uni o‘tkazayotganda uyushqoqlikka, mashqlar kompleksini mustaqil bajarish ko‘nikmasiga erishish;


  • kuchli aqliy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan mashg‘ulotlarda charchashning oldini olish va ishlash qobiliyatini saqlash maqsadida bolalarni yengil jismoniy mashqlarni bajarishga odatlantirish;


  • mustaqil faoliyat jarayonida harakatlarning turli xillarini muntazam mashq qilish odatini shakllantirish. Turli xil jismoniy mashqlarni va sport o‘yinlari elementlarini mustaqil bajarayotgan paytda yoki ochiq havodagi o‘yinlari elementlarini mustaqil bajarayotgan paytda o‘yin estafetalarida va yengil musobaqalarida borgan sari yuqoriroq natijalarga erishishga intilishlarini rag‘batlantirish.


Maktabgacha ta’lim Davlat o‘quv dasturiga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarda gigiyena va o‘z-o‘ziga xizmat malakalarini shakllantirish lozim.


Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim – tarbiyani bolalarni yosh guruhlariga ajratgan holda olib borish samarali natija berar ekan, bolalarda gigiyena va o‘z –o‘ziga xizmat malakalarini ham bolaning yosh xususiyatidan kelib chiqib tashkil etiladi.

Yüklə 183,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin