ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
140
FITOTSENOZ VA SUKSESSIYA
Oxnorova Iroda Baxtiyor qizi
Yoʻldashaliyeva Nilufar Shavkatjon qizi
Andijon Davlat Pedagogika Instituti Biologiya yoʻnalishi talabalari
https://doi.org/10.5281/zenodo.7989255
Annotatsiya:
Bizga ma’lumki, yerning hamma joyi o’simliklar bilan qoplangan. O’simliklar
dunyosi fitotsenoz deb ataladi. Fitotsenoz – bir xil sharoitda birga yashaydigan o’simliklar
guruhi. Ushbu tezis orqali biz sizga fitotsenoz va suksessiya haqida qiziqarli ma’lumotlarni
taqdim etamiz.
Kalit so’zlar:
fitotsenoz, suksessiya, agrofitotsenoz, o’simlik,
intensiv, migratsiya,
fitotsenologiya.
Kirish. fitotsenoz — geobotanika va biogeotsenologiya boʻlimi (baʼzan
geobotanika
sinonimi). Oʻsimlik jamoalari, jamoa hosil qiluvchi oʻsimliklarning oʻzaro va biotsenozlarning
boshqa komponentlari bilan aloqasini oʻrganadi. fitotsenozlarning tashkil togtishi, almashinib
turishi, yer yuzasida tarqalishi va tasnifi bilan ham shugʻullanadi. Fitotsenozning paydo
boʻlishi 19-asr oxirida oʻsimlik qoplamlari toʻgʻrisidagi tushunchalarning
rivojlanishi bilan
bogʻliq.
Fitotsenoz bir necha yoʻnalishda rivojlandi. Nemis olimi A. Gumboldt Fitotsenozning geografik
yoʻnalishini asoslab bergan. Mazkur yoʻnalishning rivojlanishida rus olimi V. V. Dokuchayev,
rus geobotaniklari G. N. Visotskiy, A. Ya. Gordyagin, B.A.Kellerning xizmatlari katta. 19-asrga
kelib fitotsenozning tuzilishi haqidagi materiallar toʻplandi (avstraliyalik botaniklar Y. Lorens,
1858; A. Kerner, 1863; finlyandiyalik botanik R. Xult, 1881 va boshqalar). ZXalqaro botanika
kongressidan (1910) keyin elementar taksonomik birlik sifatida assotsiatsiya kabul qilindi,
fitotsenozlarni oʻrganish va assotsiatsiyalarga ajratishda har xil yoʻnalishlar shakllandi.
Yerdagi oʻsimliklarga oid ekologik tadqiqotlar G. Valter ishlarida umumlashtirilgan.
Fitotsenozlarni oʻrganishning biologik yoʻnalishini shveysariyalik botanik O. P. Dekandol
asoslab berdi (1820, 1832). Bu yoʻnalish Ch. Darvinniig "Turlarning kelib chiqishi" (1859)
asari nashr etilgach, rivojlana boshladi. Dekandol va Darvin izdoshlari oʻsimlik jamoalarining
tarkibi, strukturasi va oʻzgarishi.faqat iklim
va tuproq sharoiti bilan emas, balki oʻsimliklar
oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar bilan ham belgilanishini koʻrsatishgan. 19-asrning 70—80-
yillarida mazkur yoʻnalish rus olimlari N. F. Levakovskiy va S. I. Korjinskiy, soʻngra (20-asrda)
G. F. Morozov va V. N. Sukachev ishlarida rivojlantirildi. Fitotsenozlardagi oʻsimliklar oʻzaro
aloqasining oʻrganilishi eksperiment al fitotsenozni yuzaga keltirdi. Fitotsenoz grekcha soʻz
boʻlib, fiton oʻsimlik, koinos umumiy degan maʼnoni anglatadi va oʻsimliklar qavmi, birlashib
yashovchi oʻsimliklarning tabiiy guruhidir. Fitotsenoz-nisbatan bir xil muhitda bir-biriga
moslashib, jamoa boʻlib yashaydigan oʻsimlklar majmui. Fitotsenozni
tashkil qiluvchi
oʻsimliklar oʻz faoliyatida muhitga katta taʼsir koʻrsatadi va uni oʻzgartiradi. Oʻsimliklar tashqi
muhitdan oʻzi uchun zarur boʻlgan moddalarni oʻzlashtiradi, tashqi muhitga esa moddalar
almashinuvi
mahsulaotlarinimahsulotlarini
chiqaradi.
Fitotsenoz
biotsenoz
va
biogeotsenozning eng faol qismi hisoblanib, quyosh nuri energiyasi va atmasferadagi azotni
oʻzlashtiradi. Fitotsenoz inson uchun oziq moddalar va energiya manbai hisoblanadi.
Fitotsenoz taʼlimotini oʻrganadigan fan fitotsenologiya deb ataladi. V.N.ASukachev va
P.D.Yaroshenkolar ning taʼkidlashicha, qishloq xoʻjalik
ekinlari; bugʻdoy, arpa, paxta, sholi