99
bilish darajasini pedagogik mahorat bilangina bog‘lash to‘g‘ri bo‘lmaydi. ayni bir texno-
logiyani ko‘plab pedagoglar qo‘llashi mumkin, biroq jarayon rang-barang bo‘lib, natija-
lar kafolatlanadi. layoqatli pedagog-tarbiyachi ijodi aynan pedagogik texnologiyalarga
o‘ziga xos yondashuv mahsulidan iborat. Pedagogik texnologiya aniq pedagogik g‘o-
yaga tayangan holda ishlab chiqiladi.
O‘zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi-
da “maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish va ushbu muassasalarda
bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sha-
roitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jid-
diy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning
malaka darajasini yuksaltirish”
1
kabi yo‘nalishlar belgilanib, bu borada O‘zbekiston
respublikasi Prezidenti tomonidan maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha
alohida dastur ishlab chiqish, ushbu tizimni boshqarish infrastrukturasini takomillash-
tirish vazifasi qo‘yilib, ilmiy-metodik ta’minotni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratil-
moqda.
Shu sababdan ham maktabgacha ta’lim tizimi oldida innovatsion faoliyatga asos-
langan pedagogik yondashuvlar va nazariyalar, yangiliklarni yaratish, tatbiq etish va
ulardan foydalanishning yaxlit, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatga aylantirish talab etil-
moqda. Pedagoglarning innovatsion faoliyati bolalarning mustaqilligi, qiziquvchanligini
oshirish, ularda ijodiy tafakkurni rivojlantirish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish im-
koniyatini izlab topish ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qilishi lozim. Shundagina
pedagog-tarbiyachilar o‘z kuchlariga ishonib bolalarning o‘zgaruvchan vaziyatlarda
aniq faoliyat ko‘rsata olishlariga ko‘maklashadilar. Shu bilan bir qatorda ular bolalar-
ning ota-onalarini maktabgacha ta’lim muassasasi hayotida faol ishtirok etishga jalb
etishadi.
Bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyor-
lash – bu muttasil ijod jarayonidir. lekin boshqa sohalardagi ijoddan farqli o‘laroq pe-
dagog-tarbiyachi ijodining maqsadi ijtimoiy jihatdan yangi hodisa yaratish emas, balki
shaxsni rivojlantirishga qaratiladi. albatta, o‘z ishiga ijodiy yondashadigan, ilg‘or pe-
dagog-tarbiyachilar o‘z tajriba maktabini yaratadi, lekin mavjud pedagogik tajribalarni
ijodiy o‘zlashtirishga har bir pedagog-tarbiyachi intilishi lozim. Pedagogik vaziyatlarni
baholashdagi mustaqillik, tarbiyaning muayyan shakl, vosita va usullarini tanlay olish,
voqealar qanday rivojlanishini oldindan ko‘rib, ularni maqsadga yo‘naltira bilish ijodiy
xususiyatga ega bo‘lgan kasbiy mahoratning muhim qismi hisoblanadi. Mutaxassis
mahorati amaliy ko‘nikmalar
sintezi hisoblanib, kasbiy faoliyatida o‘z ifodasini topadi.
ayni vaqtda kasbiy bilim va mahoratni egallayotgan pedagog-tarbiyachilar istiq-
boldagi kasbiy faoliyatlari davomida muayyan muvaffaqiyatlarga erishadilar. Bo‘lajak
maktabgacha ta’lim mutaxassislari maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayonining didak-
tik-psixologik asoslarini aniq tasavvur, tezkor qarorlar qabul qila olishlari lozim. Bo‘la-
jak pedagog-tarbiyachilardan pedagogik vaziyatlarni aniq tasavvur qilish va tarbiyala-
nuvchilarning imkoniyatlarini kengaytirish usullarini egallash talab qilinadi.
Bo‘lajak pedagog-tarbiyachining kreativligi didaktik vaziyatlarda mustaqil hara-
kat qilishi va o‘z faoliyatini pedagogik-psixologik bilimlarga tayangan holda amalga
oshirishida namoyon bo‘ladi. Bo‘lajak pedagog-tarbiyachilar uchun pedagogik ijod-
1
O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g’risida”gi PF-4947-son Farmoni. //
O‘zbekiston respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 2017-yil 6-son, 70-modda.