Badiiy uslub nutqning boshqa uslublaridan dastlab o‘zining obrazliligi va estetik ta'sir etish vazifasi bilan ajralib turadi. Badiiy nutqda til leksikasining barcha qatlamlari ishtirok etadi. Chunki ilmiy va publitsistik uslublar ijtimoiy hayotning u yoki bu sohasini ifodalasa, badiiy uslub inson faoliyatining turli qirralarini o‘zida aks ettiradi, barchaga taalluqli bo‘ladi. Badiiy asar kishiga ma'lumot berish bilan birga, timsollar (obrazlar) vositasida estetik ta'sir ham ko‘rsatadi: O‘lkamizda fasllar kelinchagi bo‘lmish bahor o‘z sepini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so‘zlari, sheva, vulgarizmlardan ham foydalaniladi. Shuning uchun badiiy uslub aralash uslub deb ham hisoblanadi, chunki bu uslubda so‘zlashuv va kitobiy uslublarga xos o‘rinlar ham uchraydi. Unda turli kasb-hunar, fan-texnika, xalqning maishiy hayotiga tegishli rang-barang so‘zlar qo‘llaniladi.

Shu tufayli shoir va adiblar hammaga ma'lum til vositalaridan o‘zigagina xos usulda foydalanishga harakat qiladilar. Shaxsiy obrazlilik publitsistik uslubga ham xosdir. Obrazlilik so‘zlashuv uslubida ham bo‘ladi. Badiiy adabiyot tili adabiy til bilan birga umumxalq tili boyliklarini ham qamrab oladi. Ya'ni asarning janr va mavzu talabi bilan yozuvchining individual uslubiga bog‘liq holda badiiy nutqda umumxalq tilidagi barcha lug‘aviy qatlamlar ishtirok etaveradi. Masalan, adabiy tilda dialektizmlar, jargonlar, varvarizmlar, dag‘al so‘zlar, eskirgan so‘zlar, oddiy so‘zlashuv tili elementlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lmagani holda ularni badiiy nutqda o‘rni bilan qo‘llash mumkin.