Immunologiya (immunitet va logiya) —



Yüklə 29,85 Kb.
səhifə7/8
tarix27.12.2023
ölçüsü29,85 Kb.
#200665
1   2   3   4   5   6   7   8
Shpargalka

Tugʻma immunitet (turga xos, tabiiy) — bir biologik turning maʼlum bir patogen agentga nisbatan chidamligi bulib, nasldannaslga oʻtadi. Masalan, it, qoramol, tovuklarning oʻlat kasalligi qoʻzgʻatuvchilari odamlarga yuqmaydi, oʻz navbatida odamlardagi zaxm, qizamiq, virusli gepatit, OITS qoʻzgʻatuvchilari hayvonlarda kasallik qoʻzgʻatmaydi. Turga xos immunitet uzoq yillar davomida evolyusiya natijasida makroorganizm bilan patogen mikroorganizmlarning oʻzaro munosabati oqibatida vujudga kelgan

Orttirilgan immunitet mikrobga qarshi (antibakterial immunitet) va uning toksinlariga qarshi (antitoksik immunitet) vujudga keladi. Antibakterial immunitet oʻz navbatida steril va nosteril turlarga bulinadi. Steril immunitetda kasallikdan soʻng patogen mikrob organizmda saqlanib qolmaydi (koʻpgina yuqumli kasalliklarga xos). Nosteril immunitetda kasallik qoʻzgʻatuvchisi organizmda saqlanib qolishi mumkin (masalan, sil, ich terlama, shol, gepatit kabi kasalliklarda), lekin odamda kasallik belgilari kuzatilmaydi, ammo immunitet maʼlum bir sabablarga koʻra susaysa, kasallik qaytalanishi (retsidiv) mumkin.

Tolerantlik (immunologik tolerantlik — barcha antigenlarga immunoreaktivlik xususiyatini saqlagan holda organizmning muayyan antigenga nisbatan immunologik javobining yoʻqolishi yoki susayishi. "T." termini ingliz olimi P. Medavar (1953) tomonidan koʻchirib oʻtqazilgan begona toʻqimaga nisbatan organizm immun sistemasi "chidamliligini" koʻrsatish maqsadida taklif etilgan. "Immunologik falajlik", "areaktivlik", "antigen ogʻirligi" kabi terminlar T. ning har xil shakllariga moye keladi. Sogʻlom organizmning immun tizimi oʻzining antigenlariga nisbatan tolerant boʻlishi tufayli organizm toʻqima va hujayralariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan antitelolarni ishlab chiqarmaydi.

Interferon (lot. inter — oʻzaro va ferio — uraman, shikastlayman) — viruslar yoki sintetik polinukleotidlar (qarang Nukleotidlar), toksinlar, antimetabolitlar va b. kirishiga javoban hujayrada hosil boʻladigan oqsillar guruhining umumiy nomi. I. oʻtkir virusli infeksiyadan organizmning asosiy himoya vositasi hisoblanadi.


Yüklə 29,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin