Immunologiya (immunitet va logiya) —



Yüklə 29,85 Kb.
səhifə2/8
tarix27.12.2023
ölçüsü29,85 Kb.
#200665
1   2   3   4   5   6   7   8
Shpargalka

Hujayraviy immunitet
Antitanalar koʻpincha tanadagi patogenlarga bir oʻzi qarshi kurasha olmaydi. Bunday hollarda organizm zararlangan tana hujayralarini yoʻq qilishda hujayraviy immunitetni ishga soladi. Hujayraviy immunitet uchun T hujayralar masʼuldir. T-killer hujayralar (yoki sitotoksik T hujayralar) zararlangan hujayralarni tanadan toksinlar ajratish yoki apoptoz orqali yoʻqotadi. T-helper hujayralar esa boshqa immun hujayralarni faollashtiradi.

Timus.
Immunitetning markaziy a'zosi hisoblanadi. Timus markaziy immun tizimining eng muhim a`zosi bo'lib, shakllanishi embrional rivojlanishning 4-oyida tugallanadi. Uning po'stloq qismi limfotsit to'plamlariga boy, mag'iz qismi esa markazga yo'nalgan epitelial xujayralardan iborat. O'zak hujayralar timus garmonlari ta'sirida yangi antigenlik xususiyatiga ega bo'ladi.
Timusning roli
Timus normal rivojlanish uchun zarur bo'lgan gormonlarni ishlab chiqaradi immun tizimi Ular tufayli immunitet tizimining hujayralari zararli mikroorganizmlarni tanib olishni va ularni yo'q qilish mexanizmlarini ishga tushirishni o'rganadilar.

Fabritsius xaltachasi.
T va B-limfotsitlar ko'mik ustun hujayralaridan hosil bo'ladi. Ammo T-limfotsitlar timusda yetiladi (ularni tumusga tobe degani shundan kelib chiqadi), B-limfotsitlar esa bursa fabriciusda (yoki ularning analoglari) yetiladi, bursaga bog'liq hujayralar deyiladi.

Suyak ko’migi (medulla ossgum) markaziy qon yaratuvchi organ bo’lib, embriondan keyingi (postembrional) davrda qon o’zak hujayralarining yagona manbai bo’lib hisoblanadi. Bu yerda yetuk T-limfotsitlardan tashqari, boshqa qonning barcha shaklli elementlari: eritrotsitlar, granulotsitlar, B-limfotsitlar va qon plastinkalari (trombotsitlar) yetiladi

Limfa tugunlari immunobiologik jarayonlar va limfa oqimi (harakati)ni tartibga solib turadi. Limfa tugunlari "darvoza"sidan chiqib, limfa olib ketuvchi tomirlar oʻzaro qoʻshilib, limfa stvolini hosil qiladi, ular ikkita yirik limfa yuliga aylanadi, bulardan vujudga kelgan yirik tomirlar boʻyinda yirik vena kon tomiriga tutashadi. Limfa bilan oqib kelgan kasallik qoʻzgʻatuvchilarini Limfa tugunlari hujayralari qisman yoki butunlay yutib yuboradi (qarang Fagotsitoz). Baʼzi kasalliklar (angina, epidemik parotit va boshqalar)da Limfa tugunlari shishib, kattalashib ketadi.


Yüklə 29,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin