Immunologiya (immunitet va logiya) —


Limfa tugunlari, limfa bezlari



Yüklə 29,85 Kb.
səhifə6/8
tarix27.12.2023
ölçüsü29,85 Kb.
#200665
1   2   3   4   5   6   7   8
Shpargalka

Limfa tugunlari, limfa bezlari — odam va yuksak umurtqali hayvonlarning limfa sistemasi tuzilmalari. Limfa tugunlari qon yaratish aʼzosi va kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroblar, ularning toksinlari va umuman zaharli moddalar uchun toʻsiq vazifasini oʻtaydi. Shu tariqa limfaning biologik filtri hisoblanadi. Limfa tugunlari pushti-kulrang, qalin kapsula bilan qoplangan, dumalok, yoki oval shaklli tuzilmalardan iborat; ularda limfo-sitlar hosil boʻlgani uchun limfoid aʼzolar deb ham ataladi. Limfa tugunlari immunobiologik jarayonlar va limfa oqimi (harakati)ni tartibga solib turadi. Limfa tugunlari "darvoza"sidan chiqib, limfa olib ketuvchi tomirlar oʻzaro qoʻshilib, limfa stvolini hosil qiladi, ular ikkita yirik limfa yuliga aylanadi, bulardan vujudga kelgan yirik tomirlar boʻyinda yirik vena kon tomiriga tutashadi. Limfa bilan oqib kelgan kasallik qoʻzgʻatuvchilarini Limfa tugunlari hujayralari qisman yoki butunlay yutib yuboradi (qarang Fagotsitoz). Baʼzi kasalliklar (angina, epidemik parotit va boshqalar)da Limfa tugunlari shishib, kattalashib ketadi.

Limfa tugunlarining asosiy vazifasi infeksiyaga qarshi kurasha oladigan
hujayralarni to'plash va ular orqali oqadigan limfani filtrlashdir.

Anafilaksiya (yun. anaphylaxia — himoyasizlik) — organizmga paren-teral yoʻl orqali yuborilgan antigenga nisbatan sezuvchanlikning ortishi bilan ifodalanadigan allergik reaksiya. Umu-miy yoki mahalliy reaksiya (mas, teri-da) koʻrinishida namoyon boʻladi. Yaqqol koʻrinib turgan umumiy reaksiya anafi-laktik shok deyiladi. Anafilaktik shokning asosiy belgilari: nafas olish ke-skin qiyinlashadi va qon bosimi tushib ketadi, bemor hushidan ketishi mumkin. Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishga toʻgʻri keladi. A.ning oldini olish uchun oʻz bilgicha dori ichmaslik kerak, aks holda organizm sezuvchanligi oshib ke-tishi mumkin, agar dori ichganda biror 471xil allergik reaksiya roʻy bersa, dori ichishni toʻxtatib, albatta vrachga uchra-shish kerak.

Sunʼiy immunitet ham ikki xil boʻladi: 1) sunʼiy faol immunitet vaksinalar bilan emlaganda hosil boʻladi; 2) sunʼiy sust immunitet — zardob, qon, immunoglobulin va plazmalar yuborilgandan soʻng yuzaga keladi. Orttirilgan immunitet mikrobga qarshi (antibakterial immunitet) va uning toksinlariga qarshi (antitoksik immunitet) vujudga keladi. Antibakterial immunitet oʻz navbatida steril va nosteril turlarga bulinadi. Steril immunitetda kasallikdan soʻng patogen mikrob organizmda saqlanib qolmaydi (koʻpgina yuqumli kasalliklarga xos).


Yüklə 29,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin