Import nima?


Xalqaro savdo-sotiq turli mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayir- boshlashdirki, bu taqqosiy afzallik qoidasiga asoslanadi



Yüklə 280,45 Kb.
səhifə6/7
tarix16.05.2023
ölçüsü280,45 Kb.
#114657
1   2   3   4   5   6   7
Kamron

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Eksport
Xalqaro savdo-sotiq turli mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayir- boshlashdirki, bu taqqosiy afzallik qoidasiga asoslanadi.
Xalqaro savdo-sotiqning miqyosi unda ishtirok etuvchi mamlakatlar iqtisodiyotining ochiqlik darajasiga to‘g‘ri mutanosiblikda bo‘ladi, ya’ni bu daraja qanchalik yuqori bo‘lsa, mamlakatlararo tovar ayirboshlash shunchalik keng bo‘ladi.
Ochiq iqtisodiyot sharoitida xalqaro savdo-sotiq xalqaro ishlab chiqarishga nisbatan ildamroq о‘sib boradi. Aytaylik dunyoda mahsulot va xizmatlarni yaratish 6 %ga o‘ssa, xalqaro tovar ayirboshlash 8 %ga ko‘payadi, chunki eksportga mo‘ljallangan mahsulot va xizmatlar ko‘plab yaratiladi. Xalqaro savdo-sotiq eksport va import shaqlida bo‘ladi. Eksport — bu tovarlami mamlakat tash- qarisiga chiqarib sotish. Import — bu tovarlami tashqaridan sotib olib, mamlakat ichiga kiritish. Eksport va importning nisbati tashqi savdo balansi hisoblanadi, u aktiv va passiv holda bo‘ladi.
Eksport importdan ko‘p boiganda tashqi savdo balansi aktiv, import eksportdan ko‘p boiganda u passiv bo‘ladi.
Aktiv balans tashqariga tovarlar ko‘p sotilishini, passiv balans esa ular tashqaridan ko‘proq xarid etilishini anglatadi. Eksport va import o‘rtasidagi farq sof eksport bo‘ladi.

Oʻzbekiston Respublikasi jahonning 140 dan ortiq mamlakatlari bilan savdosotiq aloqalarini amalga oshirmoqda. 2003-yilda Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 6,7 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Bu koʻrsatkich 2002-yilga nisbatan 17,3% kupdir. Uning Tashqi savdoda jahonning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari hissasi ortib bormoqda. Oʻzbekiston savdo aylanmasining 62% uzoq xorij mamlakatlariga, 38% esa MDH mamlakatlari hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Oʻzbekistonning hozirgi asosiy savdo hamkorlari — Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Shveysariya, AQSH, Janubiy Koreya, Rossiya, Italiya, Niderlandiya, Belgiya, Turkiya, Fransiya, Xitoy va boshqa davlatlar. Respublika Tashqi savdoning 60%dan ziyodrogʻi Yevropaga, 33% Osiyo, 6,5% Amerika qitʼasi mamlakatlari hissasiga toʻgʻri keladi (2003). Tashqariga tovar chiqarish tarkibida mashina va asbobuskunalar, rangli metallar va energiya vositalari oʻrin olmoqda. Asosiysi — Oʻzbekistonning Tashqi savdoda faqat xom ashyo vositalari bilan qatnashuviga barham berilmoqsa, eksport tarkibi sezilarli kengaymoqda. Rivojlangan mamlakatlar bilan savdo aloqalari chetdan qoʻshimcha moddiymoliyaviy resurslarni jalb kilish, ishlab chiqarish.ga ilgor texnika va texnologiyani joriy etish, ichki isteʼmol bozorini turlituman keng xalq isteʼmoli tovarlari bilan toʻldirish, xizmat koʻrsatish sohasida xorij tajribasidan foydalanish, qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratihda muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Mamlakatning Tashqi savdo siyosatini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligi amalga oshiradi. Tashqi savdo "Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida" (1991, 14 iyun), "Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida" (1993, 7 may), "Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida" (1997, 29 avgust) qonunlari, "Bojxona kodeksi" (1997, 27 dekabr) va boshqa qonun va qarorlar, meʼyoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Mamlakatlar oʻrtasida Tashqi savdoni tartibga solishda Jahon savdo tashkiloti muhim rol oʻynaydi.

Yüklə 280,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin