Import nima?


Ochiq iqtisodiyot — bu tashqi iqtisodiy aloqalarga kirishgan, ularning afzalligiga tayanib, rivojlanib boruvchi iqtisodiyotdir



Yüklə 280,45 Kb.
səhifə2/7
tarix16.05.2023
ölçüsü280,45 Kb.
#114657
1   2   3   4   5   6   7
Kamron

Ochiq iqtisodiyot — bu tashqi iqtisodiy aloqalarga kirishgan, ularning afzalligiga tayanib, rivojlanib boruvchi iqtisodiyotdir.
Ochiq iqtisodiyot tushunchasi milliy iqtisodiyotga nisbatan qo'llaniladi. Uning ochiqlik darajasi turli mamlakatlarda har xil, albatta. Buni turli mezonlarga qarab aniqlanadi:
1. Iqtisodiyotning eksport salohiyati. Agar eksport YalMga nisbatan qanchalik ko‘p bo‘lsa, ochiqlik darajasi shunchalik yuqori bodadi. Masalan, Gollandiyada eksport YalMning 3/4 qismiga teng bodganidan bu yerda ochiqlik darajasi yuqori, deb aytish mumkin. 0‘zbekiston iqtisodiyotining ham ochiqlik darajasi yuqori, chunki eksportning YalMdagi hissasi katta hisoblanadi.
2. Iste’molda importning hissasi. Agar bu hissa qanchalik yuqori bodsa, iqtisodiyot shunchalik ochiq hisoblanadi. Ammo buning uchun import kafolatlanishi kerak. Importga qarab ochiqlik dara- jasiga baho berilganda uning kafolatining bodishi nazarda tutiladi, chunki shundagina aholi ta’minotida uzilishlar bodmaydi.
3. Iqtisodiyotga yuboriladigan investitsiyalarda xorij investi- tsiyalarining hissasi va chetga chiqarilgan kapitalning jami kapital- dagi hissasi. Agar ichki investitsiyalarda xorijdan kelgan mablagdar ulushi qanchalik katta bodsa, kapital tashqariga qanchalik ko‘p chiqsa, iqtisodiyot shunchalik ochiq hisoblanadi.
4. Mehnat resurslari tarkibida xorijdan kirib kelgan va xorijga chiqib ketgan ish kuchi hissasi. Bu ko‘rsatkich qanchalik katta bodsa, mamlakat iqtisodiyoti shunchalik ochiq hisoblanadi.
Xullas, milliy iqtisodiyotning ochiqligi tovarlar, kapital va ish kuchining naqadar mamlakatga kirib va undan chiqib turishigaqarab belgilanadi. Biroq bular ochiqlikni ta’minlashda har xil o‘rin tutadi. Iqtisodiyoti kuchli mamlakatlarda ular iqtisodiyotining ochiqligini ko‘p hollarda kapitalning chetga chiqishi, texnologiyalar eksporti ko‘p bo‘lgani holda iste’mol tovarlari importining kattaligi belgilaydi. Aksincha, iqtisodiyoti rivojlanib ulgurmagan mamlakatlarda lining ochiqligini belgilashda xomashyo va energoresurs hamda iste’mol tovarlari eksporti, kapital va texnologiya impcrti- ning ustuvorligi asosiy hisoblanadi. Iqtisodiyotning ochiqligi ichki ziddiyatga ega. Agar ochiqlik iqtisodi baquwat mamlakatlarga ustu- vorlik bersa, iqtisodi zaif mamlakatlarda chet elga qaramlik hosil qiladi.
Ochiq iqtisodiyotlarning rivojlanishi jahon xo‘jaligini yuzaga keltirgan (XIX—XX asriar bo‘sag‘asida).

Yüklə 280,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin