I met him in London Street. – Meni uni London nomli ko’chada uchratdim.
I met him in a London street. – Men uni London shahrining ko’chalaridan birida uchratdim.
● Raqamlangan yo’l nomlari oldidan the ishlatiladi.
The A 5 Road, the F1 Road
● Ba’zi ko’chalar nomi oldidan aniq artikl the ishlatiladi.
The High Street, the Avenue, the Strand, the Mall
7. Kishi yoki joy nomlariga qo’yilgan binolar yoki joylar nomi oldidan artikl ishlatilmaydi.
Westminster Abbey/Kennedy Airport/Edinburgh Castle/Tashkent Airport/London Zoo/Canterbury Cathedral/Victoria Station/Waterloo Station
● Agar kishi yoki joy nomiga atab qo’yilmagan bo’lsa, ular oldidan the ishlatilishi mumkin.
TheWhite House
But: the Central Station – Markaziy shohbekat. Bu yerda aniq artikl the ishlatilishiga sabab central so’zi atoqli ot emas.
● Shuningdek, central va ancient so’zlari mamlakatlar, qit’alar va shahar nomlari oldidan kelsa ular oldidan artikllar ishlatilmaydi.
Central Asia/Central America/Ancient Greece/Ancient Rome 8. Atoqli otlarga qaratqich kelishigi qo’shimchasi -‘s yoki -s harfi qo’shilganda ular oldidan artikl ishlatilmaydi.
Harrods bookshop Johnson’s theatre Lloyds Bank
Karim’s shop Maxim’s market St. Peter’s Cathedral
● Shuningdek, atoqli otlarning oldidan ham artikllar ishlatilmaydi.
Jack, Bessy; England, London va bshq.
● Lekin atoqli otlar aniqlovchi bo’lak orqali aniqlanib kelganda ular oldidan aniq artikl the ishlatiladi.