36
aytib qo'yishi lozim. Ana shu berilgan savollar asosida o'quvchilar bo'ladigan
tematik takrorlash darsiga oldindan tayyorgarlik ko'radilar. Bunday takrorlash
darsini o'qituvchi savol javob usuli orqali o'tkazadi. O'qituvchi rahbarligida
o'quvchilar mavzularning ketma-ketligi va ularda qatnashayotgan matematik
tushunchalar orasidagi mantiqiy bog'lanishlarni tushunib etadilar.
Natijada
o'quvchilarning ana shu bob mavzu materiallari yuzasidan olgan bilimlari mantiqiy
ketma-ketlikka ega bo'ladi va umumlashadi.
O’quv yili oxirida ham reja asosida takrorlash darsi ajratilgan bo'ladi, bunday
takrorlashni yakuniy takrorlash darsi deb yuritiladi. Yakuniy takrorlash darsida
o'quv yili davomida o'tilgan har bir bob mavzu materiallari takrorlab
umumlashtirib boriladi.
Yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsining muvaffaqiyatli o'tishi uchun
o'quv yili boshidagi,
kundalik, tematik takrorlash darslari o'z vaqtida o'tkazilgan
bo'lishi kerak. Yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi orqali o'quvchilarning yil
davomida olgan bilimlari umumlashtiriladi va sistemalashtiriladi. Yakuniy
takrorlash-umumlashtirish darsini hamma o'qituvchilar ham metodik jihatdan
tashkil qilmaydilar. Biz bir necha maktabda o'tkazilgan yakuniy takrorlash-
umumlashtirish darslarini kuzatdik, ular o'quv materiallarini
umumlashtirish va
sistemalashtirish o'rniga ba'zi maktablarda o'quvchilarni doskaga chiqarib qo'yib,
ulardan o'tilgan o'quv materiallarini so'rash, ba'zilarida esa bir necha misol yoki
masala yechish bilan cheklanishdi.
Ko'pchilik o'qituvchilar yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsini o'tkazishda
quyidagi kamchiliklarga yo'l ko'yadilar:
1.Takrorlash-umumlashtirish darsi uchun faqat o'quv yili oxirida soat ajratib
uni o'tkazadilar.
2.Takrorlash-umumlashtirish darsi uchun material tanlashga befarq qaraydilar.
3.Takrorlash-umumlashtirish darsini o'tkazish metodikasini to'g'ri tanlay
olmaydilar.
37
4.Takrorlash-umumlashtirish darsi uchun material yuzasidan savollar va
mashqlar sistemasini tuzmaydilar.
O'qituvchi yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi bo'lishidan
bir necha kun
avval shu darsda qaysi materiallarni qanday usullar bilan takrorlash va
umumlashtirishini hamda ularga doir qanday masalalarni yechish kerakligini
aniqlab, so'ngra o'quvchilarga shu mavzular bo'yicha tuzilgan savollar va mashqlar
sistemasini berishi, ular shu o'qituvchi ko'rsatmasiga asosan yakuniy takrorlash-
umumlashtirish darsiga tayyorgarlik ko'rishlari kerak. O'qituvchi yakuniy
takrorlash-umumlashtirish darsini uyushtirishdan oldin quyidagilarga e'tibor
berishi kerak:
1.Takrorlash-umumlashtirish
darsining
materiali
o'sha
kursni
umumlashtiruvchi xarakterda bo'lishi kerak.
2.Shu darsda o'tish uchun ajratilgan material bo'yicha
savollar sistemasi
tuzilgan bo'lishi kerak.
3.Takrorlash-umumlashtirish darsida ishlanadigan mashqlar sistemasi tuzilgan
bo'lishi kerak.
4.Tuzilgan savollar va mashqlar sistemasi takrorlanayotgan materialni
sistemalashtiruvchi va umumlashtiruvchi xarakterda bo'lishi kerak.
5.Takrorlash-umumlashtirish darsini o'tkazish metodikasiga e'tibor berish
kerak.
O'qituvchi yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi uchun mavzularni
avvaldan
rejalashtirishi
kerak.
Yakuniy
takrorlash-umumlashtirish
darsi
o'qituvchining umumiy ma'ruzasi yoki o'quvchilarning
shu mavzuga doir
tayyorlangan ma'ruzalarini eshitish orqali o'tkaziladi. Dars oxirida o'qituvchi
takrorlash-umumlashtiruvchi darsida faol qatnashgan o'quvchilami rag'batlantiradi,
faol qatnashmagan o'quvchilami ogohlantiradi, so'ngra o'tilgan mavzu materialini
umumlashtiradi va sistemalashtiradi.
Yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi bo'lishidan 5-6 kun oldin
takrorlanadigan mavzular o'quvchilarga beriladi. O'quvchilar esa o'qituvchining
38
ko'rsatmasiga
asosan
belgilangan
kitoblardan
foydalanib,
takrorlash-
umumlashtirish
darsiga
ma'ruzalar
tayyorlaydilar.
Yakuniy
takrorlash-
umumlashtirish darslarini bunday uyushtirish orqali har bir o'quvchini mustaqil
ishga o'rgatiladi.
Mavzularni yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi
rejasiga bob yoki kursni
o'z ichiga oladigan materiallardan tanlanadi.