Rolli o’yinlar-
mavzuga mos vaziyatni sahnalashtirish, rollarga bo’lib ijro
etish. Ssenariy shunday tuzilishi kerakki, sahnadagi ijrochilarning bilim olishlariga,
ko’nikmalarini egallashlariga yordam bersin. O’qituvchi qaysi mavzularni
sahnalashtirish uchun qulayligini har tomonlama o’ylab ko’radi; ular ro’yxatni
tuzadi va a’lochi o’quvchilar birlashib ssenariy yozadi.
Matematik diktantlar
–
o’quvchi bilimining baholashning joriy nazorat
shakllaridan biri. Bunda soda mashqlar bilan bir qatorda, ma’lum bir mavzular
majmuasiga oid va tushunchalarni o’quvchining qay darajada o’zlashtirilgani
aniqlanadi.
Tanlovlar
–
ma’lum bir mavzular guruhi bo’yicha olingan bilimlarni,
ko;nikmalarni tekshirish, baholashni maqsad qilib qo’yiladi. Bu tadbir savol-
javoblar musobaqasi, viktorina, matematik devoriy gazetalar(ro’znomalar), mavzu
bo’yicha yozilgan referatlar tanlovi (konkrusi) ko’rinishida o’tkaziladi.
Konferensiyalar
–
har chorakda o’takazilishi mumkun, ularni ham oraliq
nazoratning bir turi deb qarasa bo’ladi. Bunda, o’quvchilar o’zlari mustaqil yozgan
ishlarini sinfga ma’ruza shaklida taqdim etadilar.
Ishlar ma’lum mavzularga bag’ishlangan bo’ladi. Har bir sinfdan bir nechta
maqbul deb topilgan ishlar bo’yicha o’quvchilarning maktab informatika
koonferensiyasini o’tkazish ham mumkun.
31
3.3. O'tilgan mavzuni mustahkamlash. O'quvchilarni bilim, ko'nikma va
malakalarini tekshirish. O'quv materialini takrorash va umumlashtirish.
Yangi mavzu mazmuni bilan tanishtirish.
2.Yangi mavzuni mustahkamlash.
3.O'quvchilaming bilimlarini, ko'nikma va malakalarini tekshirish.
4.O'quv materiallarini takrorlash va umumlashtirish.
Informatika
va
informatikadan
45-minutlik
dars
o'tilgan
mavzuni
o'quvchilardan so'rash yangi mavzuni bayon qilish, uni mustahkamlash,
o'quvchilaming bilim, ko'nikma va malakalarini tekshirish kabi qismlarga ajratish,
o'tiladigan har bir darsni didaktik maqsad va mazmunini tushunarli bo'lishini
ta'minlaydi.
Maktab informatika va informatika
darslarida yangi mavzu mazmunini
tushuntirish asosan uch xil usulda olib boriladi. Ular ma'ruza, suhbat va mustaqil
ishdir.
Hozirgi yangi pedagogik texnologiyani mohiyati ham suhbat metodi orqali
yangi mavzu mazmuni ochib berishdan iboratdir. Bunda mavzu mazmunini
o'qituvchining o'zi bayon qiladi, lekin mantiqiy mulohazalar vaqtida va turli
hisoblashlarni bajarishda o'qituvchi o'quvchilarga mavzu mazmunini ochib
beruvchi mantiqiy ketma-ketlikka ega bo'lgan savollar tizimi orqali murojaat
qiladi, o'quvchilar ana shu savollarga javob berish orqali mavzu mazmunini
chuqurroq o'zlashtirib oladilar.
Sinfda yangi materialni o'rganishda qo'llaniladigan usullardan yana biri bu
o'quvchilaming mustaqil ishlaridir. O'quvchilaming mustaqil ishlarida misol va
masalaiar yechishni mashq qilish, teorema isbotlarini turli xil usullarda bajarish
(agar imkoni bo'lsa), mavzu mazmuniga qarab natijaviy formulalarni chiqarish va
unga doir misollar yoki masalalami tadbiq kilish kabi o'quv metodik ishlar amalga
oshiriladi. Masalan, o'qituvchi to'la kvadrat tenglama va uning ildizlarini topish
mavzusi o'tilgandan keyin, keltirilgan kvadrat tenglama va uning yechimlarini
topishni mustaqil ish sifatida berishi mumkin, Bunda o'qituvchi o'quvchilarni
32
kvadrat tenglama va uning yechimlari mavzusining mazmunini ochib beruvchi
mantiqiy ketma-ketlikga ega bo'lgan savollar tuzishi bilan o'quvchilami yo'naltirib
turishi maqsadga muvofiqdir. O'qituvchi har bir o'quvchini qo'yilgan topshiriq
mazmunini ochishdagi xato va kamchiliklarini to'g'rilab borishi lozim bo'ladi.
Shundagina mustaqil ishlash usuli orqali o'quvchilar bilimini chuqurlashtirish
mumkin bo'ladi.
Informatika darslarida ma'ruza metodidan ham foydalanib darslar o'tiladi. Bu holda
o'qituvchi' o'quvchilami mulohazada ishtirok etdirmasdan, mavzu mazmunini yolg'iz
o'zi bayon etadi. Shu bilan birga bayon etilayotgan mavzu mazmunidah nimani yozib
olish, qanday chizmani chizib olish, doskadan nimalami ko'chirib yozish kerakligi
o'quvchilarga aytib beriladi. O'qituvchi nazariy materialnigina emas, balki masalalami
yechilishini ham o'zi bajarishi, hamda mantiqiy mulohazalarni o'zi aytishi va barcha
chizmalarhi chizish va yozuvlarni yozishni ham o"zi bajarishi mumkin. Bunda
o'qituvchining mavzu mazmunini bayon qilish usuli o'quvchilar uchun namuna bo'Iishi,
o'quvchilar ham o'z fikrlarini o'qituvchilardek bayon etishga intiladigan bo'Iishi kerak.
Zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali qo‘llash talabalarga bilim berish sifatini
oshirish, uning mazmun-mohiyatini takomillashtirish, ta’limni zamonaviy talablar
darajasida tashkil etish, ta’lim muassasalarida ta’lim samaradorligini oshirish
maqsadida ta’lim- tarbiya jarayoniga yangi pedagogik, axborot texnologiyalarini joriy
etish, ularda interfaol usul va vositalardan foydalanish ko‘zda tutilgan. Shu sababli,
bugungi kunda ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan «Informatika» fani
o‘qituvchilari oldida quyidagi muhim vazifalar turadi:
-
talabalaming mustaqil bilim olish, o‘rganish qobiliyatlarini shakllantirish va
rivojlantirishda fanning o‘rni va ahamiyatini oshirish;
-
mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish
va o‘tkazish;
-
talabalaming faolligini oshirish, o‘zlashtirish darajalarini rivojlantirishga
yo‘naltirilgan metod va shakllarni qo‘llash;
-
ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali
33
foydalanish.
Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalardan ko‘rinib turibdiki, ta’lim muassasalari
talabalarini mustaqil bilim oUshiga yo‘naltirilgan texnologiyalardan foydalanishga
o‘rgatish va doimiy ravishda faolligini oshirib borish lozim. 0‘quv jarayonida
kompyuter texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalangan
holda ta’lim jarayonini tashkil qilish ta’lim samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shunday ekan, «Informatika» fanini o‘qitish samaradorligini oshirish o‘quv
raashg‘ulotlarini tashkil etish hamda o‘tkazishda pedagogik va axborot
texnologiyalaridan keng foydalanish, o‘qitish mazmuniga mos dasturiy ta’minotini
ishlab chiqish, ularrn о quv jarayomga jony etish asosiy vazilalardan hisobianadi.
Ushbu vazifalami dolzarbligini e’tiborga olgan holda «Informatika» fanini o‘qitishda
o‘yinli texnologiyalardan foydalanish holatini o‘rganish, tahlil etish, ulardan samarali
foydalanish metodikasini, mos uslubiy tavsiyalami ishlab chiqish zarur.
O’yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini talabalarning faollashtiruvchi va
jadallashtiravchi faoliyati tashldl etadi. O‘yin olimlar tadqiqotlariga ko‘ra mehnat va
o‘qish bilan biigalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Psixologlaming
ta’kidlashlaricha, o‘yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o‘zini
namoyon qilish, hayotda o‘z o‘rnini barqaror qilish, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z
imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi.
О‘yin bilish va uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida
tashkil etiladi.
O‘yinlar turli maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy,
faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarda qo‘llanadi. O’yinning
didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatida bilim, malaka
va ko‘nikmalarni qo‘llash, umumta’lim malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish,
mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan bo‘ladi. O‘yinning
tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai
nazarlar, ma’naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni,
kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga
34
qaratilgan bo‘ladi O'qituvchilaming nutqi savodli, mulohaza va isbotlari etarli
darajada asoslangan bo'Iishi hamda nutqi ravon bo'Iishi kerak. Agar darsda
qo'llanilgan metodlar o'quvchilarda qiziqish tug'dirgan, ular diqqatini jalb qilgan
bo'lsa, o'quvchilar mavzudagi asosiy mulohazalarni to'g'ri takrorlab bera olgan
bo’lsalar, demakki, o'qituvchi mavzu mazmunini yoritishda qo'llangan metodidan
qanoat hosil qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |