Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi 13. 404-guruh bitiruvchisi Ashurova Gulasal Baxadirovnaning “Informatika fanini o’qitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish”


III BOB. PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR YORDAMIDA



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/36
tarix22.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#190717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
informatika fanini oqitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish

III BOB. PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR YORDAMIDA 
INNOVATSIYALAR YARATISH VA ULARNI DARS JARAYONIGA 
TADBIQ ETISH
…………………………………………………………………39 
3.1 Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda o‘quvchilarning psixofiziologik 
hususiyatlarini hisobga olish……………………………………..……………….39 
3.2. Informatika darsini innovatsion loyihalash qismi……...……………………59 
Xulosa
…………………………………………………………………………….70 
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………...72
 
 
 
 
 



KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: 
Barchamizga ma’lumki, XXI asr – globallashuv 
davri, texnika asri deyiladi.. Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib 
bormoqda, bu esa yangi texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishni taqozo etadi. 
Kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni yuksak madaniyatli, o‘tkir bilimli qilib 
tarbiyalashda har bir pedagog xodim o‘zini mas’ul shaxs ekanligini bilgan holda, 
dars samaradorligini oshirib borishi, yangi texnologiyalardan unumli foydalanishi 
dolzarb masala hisoblanadi.
 
Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov «Bilimdon va ma'naviy 
yetuk bo'lgan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni egallagan hamda boshqara 
oladigan malakali mutaxassislarni tarbiyalab yetishtirish bunday islohotlarning 
asosiy maqsadi hisoblanadi. Chuqur islohotlarni amalga oshirish, bozor 
iqtisodiyotiga o'tish, birinchi navbatda kadrlar potensialiga, ularning kasb jihatidan 
tayyorgarligiga bog’lik, bo'ladi», deb ta'kidlagan edilar. 
Mustaqil rivojlanish yo'lidan borayotgan Respublikamizda yangi iqtisodiy 
sharoitlar ro'yobga keldiki, bu xalq xo'jaligining barcha sohalarida, hususan, ta'lim 
tizimida ham qator islohotlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Fan va texnika 
taraqqiyotining 
jadal 
kechayotgani, 
kompyuter 
texnikasining 
keng 
qo'llanilayotganligi, o'quvchilarga berilishi lozim bo'lgan bilimlar ko'lamining 
tobora oshib borayotganligi, ta'limni tubdan yaxshilashni, fanlar bo'yicha milliy va 
mahalliy sharoitlarga mos keladigan hamda malakali mutahassislarni tayyorlash 
imkonini beradigan dastur va darsliklar, ta'limning zamonaviy metodlarini ishlab 
chiqishni talab qiladi. 
 
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan «Ta'lim tug’risida»gi 
qonunda ta'limni yanada takomillashtirish maqsadida Respublika hududida ta'limni 
umumiy o'rta ta'lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari orqali 
amalga oshirish maqsad qilib qo'yilgan bo'lsa, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 



qonunida milliy tajribalarni tahlil qilgan holda hamda jaxonning ilg’or yutuqlarini 
e'tiborga olib akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda har tomonlama 
shakllangan va etuk mutahassislarni tayyorlashning asosiy yo'nalishlari belgilab 
berilgan. 
O’zbeksiton Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlab 
o’tganidek: 
“Umumlashgan holda hozirda bo'lajak o'qituvchilar shahsiga 
qo'yiladigan asosiy talablarni: kasbiy bilimdonlik, intellektual va ma'naviy 
barkamollik deb belgilash mumkin”. O'quvchilarning informatik bilimlarini o'z 
kasbi doirasida, kundalik hayotda qo'llay bilishi, ularning bilish va fikrlash 
doiralarini kengaytirish zamon talabidir. 
Ta’limda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llaganda o’quvchi 
eshitish, ko’rish, ko’rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi. 
Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda 
darslarni interfaol usullarda tashkillashtirish uchun ma’lum bir shart – sharoitlar 
mavjud. Shunday ekan, axborot kommunikatsion ta’lim texnologiyalaridan 
samarali foydalanish hozirgi zamon yutuqlariga asoslangan holda davr talabiga 
mos keladigan pedagogic mahoratning nazariy amaliy asoslarini hamda uning 
shakllanish jarayonini yaratish eng 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin