Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi 13. 404-guruh bitiruvchisi Ashurova Gulasal Baxadirovnaning “Informatika fanini o’qitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish”



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/36
tarix22.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#190717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
informatika fanini oqitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish

“Aqliy xujum” metodi. 
Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan 
muammolarni hal etishda keng qo’llaniladigan metod sanalib, u mashg’ulot 
ishtirokchilarini muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, 
shuningdek, o’z tasavvurlari va g’oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma'lum 
ko’nikma hamda malakalarni xosil qilishga rag’batlantiradi. Ushbu metod 
yordamida tashkil etilgan mashg’ulot jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan 
bir necha original yechimlarni topish imkoniyati tug’iladi. 
«Aqliy xujum» metodi tanlab olingan mavzular doirasida ma'lum 
qadriyatlarni aniqlash, ayni vaqtda ularga muqobil bo’lgan g’oyalarni tanlash 
uchun sharoit yaratadi. Mashg’ulotlar jarayonida «Aqliy xujum» metodidan 
foydalanishda bir necha qoidalarga amal qilish talab etiladi. Ushbu qoidalar 
quyidagilar: 
1. Mashg’ulot ishtirokchilarini muammo doirasida keng fikr yuritishga 
undash, ular tomonidan kutilmagan mantiqiy fikrlarning bildirilishiga erishish.
2. Har bir ta'lim oluvchi tomonidan bildirilayotgan fikr yoki g’oyalar 
miqdori rag’batlantirilib boriladi. Bu esa bildirilgan fikrlar orasidan eng 
maqbullarini tanlab olishga imkon beradi. Bundan tashqari fikrlarning 
rag’batlantirilishi navbatdagi yangi fikr yoki g’oyalarning tuzilishiga olib keladi.
3. Har bir ta'lim oluvchi o’zining shaxsiy fikri yoki g’oyalariga asoslanishi 
hamda ularni o’zgartirishi mumkin. Avval bildirilgan fikr (g’oya)larni 
umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni o’zgartirish ilmiy asoslangan fikr 
(g’oya)larning shakllanishiga zamin hozirlaydi.
4. Mashg’ulotlar jarayonida ta'lim oluvchilarning har qanday faoliyatlarini 
standart talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni 


16 
baholashga yo’l qo’ymaydi. Agarda ularning fikr (g’oya)lari baholanib
boriladigan bo’lsa, ta'lim oluvchilar o’z diqqatlarini, shaxsiy fikrlarini himoya 
qilishga qaratadilar, oqibatda ular yangi fikrlarni ilgari surmaydilar. Mazkur 
metodni qo’llashdan asosiy maqsad ta'lim oluvchilarni muammo xususida keng va 
chuqur fikr yuritishga rag’batlantirish ekanligini etibordan chetda qoldirmagan 
holda ularning faoliyatlarini baholab borishning har qanday usulidan voz kechish 
maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin