12
Ushbu vazifalar talabalar aqliy faolligini o’stiradi,
bilish jarayoniga haqiqiy
qiziqish uyg’otadi. O’yin davomida talabalar ma’lum qiyinchiliklarni yengadilar,
o’z kuchlarini sinaydilar, malaka va bilimlarini rivojlantiradilar.
Ko’pchilikka ma’lum va ommabop bo’lgan krossvord o’yini talabalarda
qiziqish uyg’otishi tabiiydir. Krossvord ko’rinishidagi so’rov
shakli talabalar
uchun har doim qiziqarli va o’ziga tortadigan metoddir. Ushbu o’yinga talabalar
shu darajada kirishib ketadilarki, hatto, o’zlari ham informatikaning turli mavzulari
bo’yicha krossvordlar tuzishlari mumkin. Mustaqil ijodiy faoliyatning bunday
shakli foydali bo’lishi bilan birga, faqatgina bilimdon talabalarnigina emas, balki
past o’zlashtiruvchilarni ham qamrab oladi. Boshqa o’quv fanlaridan past
o’zlashtiruvchi talabalar ko’pincha informatikadan yaxshi va tirishqoq talabalarga
aylanadilar. Krossvordlar sodda bo’lishi
bilan birga, mashhur olimlar, allomalar
ismlariga, mavzuga aynan mos keluvchi maxsus atamalarga diqqatini jalb
etishning samarali vositasi hamdir. Quyida “Informatika” fanidan krossvordlardan
namuna keltiraman.
13
1.2. Informatika fanini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish.
Hozirgi davrda o’sib kelayotgan avlodni
mustaqil fikrlaydigan qilib
tarbiyalash vazifasi muhimdir. Ushbu masalaning hal etilishi ko’p jihatdan
o’qitishning interfaol metodlarini qo’llashga bog’liq.
Interfaol so’zi inglizcha “Interakt” so’ziga mos kelib, “Inter – o’zaro”, “akt –
ish ko’rmoq, ishlamoq” degan ma`nolarni anglatadi.
Interfaol o’qitish – muloqotli o’qitish bo’lib, jarayonning borishida
o’qituvchi va o’quvchi orasida o’zaro ta`sir amalga oshiriladi.
Interfaol
o’qitishning mohiyati o’quv jarayonini shunday tashkil etishdan iboratki, unda
barcha o’quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’lib, erkin fikrlash, tahlil qilish
va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo’ladilar.
Darslardagi interfaol faoliyat o’zaro tushunishga, hamkorlikda faoliyat
yuritishga, umumiy, lekin har bir ishtirokchi
uchun ahamiyati nazorat
topshiriqlarini birgalikda echishga olib keladigan muloqotli aloqani tashkil etish va
rivojlantirishni ko’zda tutadi1.
14
Interfaol metodlardan foydalaniladigan o’quv jarayonida o’quvchilar
tanqidiy fikrlashga, shart-sharoitlarini va tegishli axborotni tahlil qilish asosida
murakkab muammolarni echishga, alternativ fikrlarni chamalab ko’rishga va asosli
ravishda qarorlar qabul qilishga,
bahslarda ishtirok etishga, boshqalar bilan
muloqot qilishga o’rganadilar. Buning uchun darslarda individual, juftli va guruhli
ishlar tashkil etiladi, izlanuvchi loyihalar, rolli o’yinlar, ijodiy ishlar qo’llaniladi,
hujjatlar va axborotning turli manbalari bilan ish olib boriladi.
Interfaol o’qitish
tashkilotchilari uchun, sof o’quv maqsadlaridan tashqari
quyidagi jihatlar ham muhimdir:
- guruhdagi o’quvchilarning o’zaro muloqotlar jarayonida boshqalarning
qadriyatlarini tushunib etishi;
- boshqalar bilan o’zaro muloqotda bo’lish va ularning yordamiga muhtojlik
zaruratining shakllanishi;
- o’quvchilarda musobaqa, raqobatchilik kayfiyatlarini rivojlantirish.
Interfaol usullar bo’yicha o’qitish tashkil etish jarayonida o’qituvchining
bergan topshiriqlari mazmuni o’quvchining tafakkurini rivojlantirish uchun kuchli
vositadir. Ushbu topshiriqlar turli xil murakkablik darajalarida bo’lib,
o’quvchilarni fikr yuritish, o’ylash, tasavvur qilish, yaratish yoki sinchiklab tahlil
etishga undovchi bo’lishi lozim.
Quyida topshiriq savollarini to’g’ri ifoda qilish uchun tavsiyalar keltiramiz:
1. Topshiriq savollarini aniq va tushunarli darajada qo’yish lozim.
2. Topshiriq mavzu bilan bevosita bog’liq bo’lishi kerak.
3. Muayyan predmetlardan umumiyga borishga harakat qiling.
Bu holat
o’quvchilarni o’ylashi va savolga javob berishda engillik tug’diradi.
4. Faqatgina “ha” yoki “yo’q”, “to’g’ri” yoki “noto’g’ri” degan javoblar
beriladigan savollarni berishdan saqlaning.
5. O`quvchilarga o’z intellektual qobiliyatlariga tayangan holda javob
beradigan savollarni bering.
15
6. O`quvchining o’z nuqtai nazarini bildiradigan topshiriqlardan berishga
harakat qiling.
7. Qo’yilgan topshiriqqa javob berilganda o’quvchilardan “Nima
uchun
shunday deb o’ylaysiz?” deb so’rab turing.
Quyida bir qator interfaol metodikalarning tavsifi va mohiyatini keltiramiz:
Dostları ilə paylaş: