Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi 13. 404-guruh bitiruvchisi Ashurova Gulasal Baxadirovnaning “Informatika fanini o’qitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish”



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/36
tarix22.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#190717
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
informatika fanini oqitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish

Amaliy mashq

mavzuda bayon qilingan nazariy bilim, qoida, formulani 
amalda, mashqlar ishlash jarayonida qo’llay olish ko’nikmasi (uquvi )ga ega 
bo’lish maqsadida tashkil qilinadi. Matematik darslarning deyarli hammasida 
amaliyot bilan bog’liq mashqlar bajariladi.
Mustaqil ishlash
– ma’lum mavzular guruhi (bloki) tugagach, ularni bir 
tizimga solish, mustahkamlash maqsadida o’quvchilarga mustaqil amaliy ish, 
faoliyat bilan shug’ullanish, darslik, masalalar to’plami bilan ishlash 
ko’nikmalarini hosil qilish. Masalan, mustaqil ish algebraic kasrlar ustida to’rt 
amalgam oid bo’lishi mumkin. Mustaqil ish yozilgan varaq har bir o’quvchiga 
alohida berilishi mumkin. Uni muallim avvaldan tayyorlab qo’yadi.
O’quvchilarning juft-juft muloqotda bo’lishi
– biror mavzuga oid masalani 
hal etishda o’quvchi o’zining qilayotgan ishini yonida o’tirgan (u bilan juftlikda 
bo’lgan) o’quvchiga tushuntiradi. Masalan, juftlikdagi biro’quvchi masalaning 
sharti va savolini tahlil qilishdan uni to’la yechishga olib boruvch barcha ishlarni, 
mulohazalarni o’rtog’iga tushuntiradi. U o’z navbatida, masalaning yechilishini 
birinchi o’quvchiga tushuntiradi ya’ni juftlikdagi o’quvchilar navbatma-navbat 
o’qituvchi vazifasini (rolini) bajaradilar. 

O’quvchilarni guruhlarga bo’lib ishlash orqali o’rgatish
 – 
bunda sinfdagi 
o’quvchilar guruhlarga ajratildi. Har bir guruhda 5-6 tadan o’quvchi bo’lishi 
mumkun. Guruhlarga vazifa aniq va ravshan qo’yilishi kerak. Guruhdagi 
o’quvchilar qo’yilgan vazifa bo’yicha fikr-mulohazalarini o’rtaga tashlab, umumiy 
bir fikrga keladilar. Bu fikrni guruh nomidan biror o’quvchi sinfga taqdim etadi.


30 
O’qituvchi guruhlarni faolyatini izohlaydi va baholaydi.
Bunday ishlashda o’quvchilar: bir-birlarini o’rganadilar, har bir guruhni nuqtai 
nazarini, fikrini hurmat qilishga; o’z fikirlari, mulohazalarini asoslashga, 
ko’pchilikka etkaza olishga o’rganadilar. 
O’qituvchi mavzu, topshiriqlar ro’yxatini avvaldan tuzib qo’yadi. 


Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin