Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi 13. 404-guruh bitiruvchisi Ashurova Gulasal Baxadirovnaning “Informatika fanini o’qitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish”



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/36
tarix22.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#190717
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
informatika fanini oqitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish

Autoplay dasturi 
Keyingi yillarda multimedia hujjatlarini yaratishga oid juda ham ko‘plab 
dasturiy ta’minotlar ishlab chiqilgan. Ulardan biri AutoPlay dasturidir. 
Istalgan fayl yoki fayllar to‘plamini bitta muhitga birlashtirish, qolaversa, 
CD yoki DVD disklar uchun Autorun-menyusi hosil qilishda AutoPlay Media 
Studio eng kuchli vizual paket hisoblanadi. 
Multimedia texnologiyalariga asoslangan amaliy dasturlarni yaratish uchun 
AutoPlay Media Studio dasturidan foydalanish foydalanuvchilar uchun juda oson 
va qulay interfeysni taqdim etadi. 
AutoPlay Media Studio bilan ishlashda deyarli dasturlash ishlari talab qilin- 
maydi. Foydalanuvchi faqat turli dizaynli dasturiy muhitni tanlash uchun bir 
nechta tayyor shakllardagi loyiha shablonlaridan foydalanishi mumkin. 
Bunda amaliy dastur muhitini dizaynga boy holatga tashkil etish uchun 
AutoPlay dasturiy vositasi tarkibida tayyor obektlar mavjud bo‘lib, ular tarkibiga 
buyruq tugmasi, tovush kuchaytirgichi, fayllarni printerdan bosmaga chiqarishni 
ta’minlovchi, Web-saytllarni ochuvchi va ularga murojaatni amalga oshirib 
beruvchi qator funksional obektlarni kiritish mumkin. 
Amaliy dastur uchun grafik qobiqlarni yaratish, uni avtmatik ishga tushirish 
uchun AutoPlay Media Studio barcha kerakli fayllarni o‘zi yaratadi. Foydalanuv - 
chilar zimmasiga esa faqat qattiq disk va kompakt diklarni yozish uchun tayyor 
loyihalarni shakllantirish vazifasi qoladi. 
2008-yilning 12-martida Indigo Rose Corparition kompaniyasi AutoPlay 


42 
Media Studio 7.1.1007.0 versiyasini iste’molga chiqardi. 
Dastur foydalanuvchilarga obektlarni o‘zaro bog‘lashni amalga oshirishga 
yordam beradigan yuzlab vositalarni taqdim eta oladi. 
AutoPlay Media Studio dasturi muhitida Visual Basic , Visual C++, Java, 
Macromedia flash kabi qator tizimlarda yaratilgan hujjatlarni ham bemalol qayta 
ishlash mumkin . 
Dastur yordamida animatsiyalanuvchi menyuni, kataloglar daraxtini, 
ma’lumotlar bazasini va shunga o‘xshash obektlarni nafaqat tez yaratish, balki 
ularni boshqarish ham mumkin. 
Avtomatik ishga tushuvchi oynalarni o‘zining kutubxonasidagi 
“niqob”lardan foydalangan holda ixtiyoriy shaklda (formada) yaratish mumkin. 
Bunday “niqob” sifatida .jpg, .bmp va .png kabi formatdagi fayllardan foydalanilsa 
ham bo‘ladi. 
Qolaversa, ma’lumotlarni CD uchun tayyorlagan holda uni dasturning 
o‘zidan turib, CD yoki DVDga yoza olishi AutoPlay Media Studio dasturi naqadar 
keng imkoniyatlarga ega ekanligini ko‘rsatadi. 
Tayyor loyiha bunda .exe kengaytmali fayl sifatida o‘zi ochiluvchi arxiv 
ko‘rinishda yoki qattiq diskdagi alohida papkada shakllantirilishi mumkin.

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin