Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish O’quv-uslubiy majmua


Ta`limning faol usullarini tanlash ko’nikmasiga egalik darajasi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə13/38
tarix25.01.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#80664
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish 2021-3-kurs (IO\'M) majmua-yangi

7. Ta`limning faol usullarini tanlash ko’nikmasiga egalik darajasi.
Bunda ta`limning faol samarali usullari tadqiqot manbai va maqsadiga mos tanlanadi hamda shu asosidagi YaPT joriy etilib, rejalashtirilgan natijaga erishishning optimal varianti kafolatlanadi.
8. Ta`lim jarayonida dunyoviy bilim asoslarini tadbiq qila olishi.
Bunda har qanday fanni o’qitishda ham dunyoviy va diniy ilm natijalaridan foydalanish mumkin. Ular ta`limda ijobiy sifat o’zgarishlari qilib, yuqori samaradorlikka erishishni kafolatlaydi. Ayniqsa Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan qousiy olimlarimiz bugungi kunda Er kurrasidan tortib Samogacha ma`lum va mashhurdir, ya`ni ulug’ allomalarimiz Al-Farg’oniy va Mirzo Ulug’beklar nomiga Osmondagi yulduzlardan ikkitasining nomi qo’yilgan.
Ikkinchi navbatda talabalarning mustaqil va ijodiy fikrlashida bilimning shakllanganligi quyidagi tartibda aniqlanadi:
1.Dars mashg’ulotlarini boshlashda talabalarning fanni o’rganishga ishtiyoqini qo’zg’atish va dars maqsadi hamda vazifalarni talabalar bilan hamkorlikda ifodalash. Bunda o’rganilayotgan manba bo’yicha qisqacha qiziqarli va amaliy ahamiyatli ma`lumot berish.
Bunga asoslangan holda ta`lim maqsadi va maqsadga erishish uchun bajariladigan vazifalarni asoslash kerak. Bu jarayonning qiziqarli ketishining asosi ham shunda, aks holda mashg’ulot zerikarli bo’lib, maqsadga etishdagi vazifalar ketma-ketligiga ahamiyat berilmay qoladi. Bu erda oxirgi vazifani hal qilish maqsadga erishishning nihoyasi ekanligini ta`minlash muhim ahamiyatga ega bo’lib, ta`limdagi uzviylik hamda uzluksizlik tamoyillarining amalga oshishini ham ta`minlaydi.
2. O`qituvchining mavzuni o’rgatishda tayanch tushunchalar oddiydan murakkabga, hususiylikdan umumiylikka qarab rivojlanib boradi.
Tayanch tushunchalar bo’yicha to’liq ma`lumotlar berilib bo’lganda mavzu to’laligicha yoritilgan bo’lishi lozim.
3. Ta`lim berishda manbaga mos umumiy ma`lumot emas, balki ilmiy asoslangan axborotlar berish. Bunda o’rganilayotgan manba negizi ilmiy nuqtai-nazardan tahlil qilinib, manba bo’yicha ixcham-mukammal ma`lumotlar majmuasi(tizim) ifodalanishi lozim.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin