Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə11/38
tarix25.01.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#80664
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish 2021-3-kurs (IO\'M) majmua-yangi

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ergashov M., Normatov T., Xakimjonova H. Ta’limda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari. O‘quv-uslubiy majmua. TDPU bosmaxonasi.
Toshkent 2014y.
2. Ergashov M., Narmatov T., Xakimjonova H. Boshqaruda zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari va global tarmoqdan foydalnish.. O‘quv-uslubiy
majmua. TTESI bosmaxonasi. Toshkent 2015y.
3. http:// www.edu.uz
4. http:// www.ccitt.uz

№4 mavzu: O'qitish texnologiyalariga kirish
Reja:

  1. O`qituvchining kasb faoliyati strukturasi

  2. Uzluksiz ta’lim tizimi informatika o`qituvchisining innovatsion pedagogik faoliyati.

Tayanch iboralar: uzluksiz ta’lim tizimi, gnostic, pedagogik munosabat,
kommunikativ, pertseptiv, didaktiv
O`qituvchi shaxsining faoliyatida kasbiy o’z-o’zini tarbiyalash ustivor ahamiyatga ega bo’lganligi uchun uning kasb faoliyati strukturasida birinchi o’rinda tarbiyachilik qobiliyati turadi.
O`qituvchining kasb faoliyati strukturasi quyidagi algoritm tartibida kelishi mumkin:


1. Tarbiyachilik.

7. Yunaltiruvchi.

2. Tashkilotchilik

8. Safarbar etuvchi.

3. Kommunikativ

9. Rivojlantiruvchi.

4. Pertseptiv.

10. Kreativ.

5. Informatsion

11. Gnostik (tadkikotchilik).

6. Didaktiv.



Pedagogik va psixologik adabiyotlarda o’qituvchining kasb faoliyati strukturasi uning kasbiy sifatlari yoki kasb qobiliyatlari deb ham sanaladi. Bu struktura asosida o’qituvchining yuzlab kasb sifatlari va fazilatlari aniqlangan. Jumladan, 200 ga yaqin ijobiy sifatlar, ya`ni qobiliyatlar va 60 dan ortiq salbiy kasb sifatlari o’rganilgan.


O`qituvchining kasb faoliyati strukturasini quyidagicha tavsiflash mumkin.
1. Tarbiyachilik qobiliyati - tarbiyachilik - bu yuksak darajadagi san`at bo’lib, shaxsni ijtimoiy hayot talablariga javob bera olish qobiliyatini bildiradi. Tarbiyachilik qobiliyati shaxsni tarbiyalashga emas, o’z-o’zini tarbiyalay olishga yo’naltira bilishda qaror topadi. Bugungi tarbiyaning maqsadi ham aynan mustaqil fikrlay oladigan va o’zini-o’zi tarbiyalash qobiliyatiga ega bo’lgan shaxslarni shakllantirishga qaratilgan.
2. Tashkilotchipik qobiliyati - ta`lim-tarbiya ishini samarali yo’lga qo’yishda o’qituvchining tashkilotchilik qobiliyati alohida ahamiyatga ega bo’ladi. Bunda sinf yoki guruh jamoasini uyushtira olish, har bir o’quvchi yoki talaba bilan individual shug’ullanish uchun ularni yosh, jins hamda yakka tartibdagi xususiyatlarini bilish, o’quvchi-talabalarni hohish istaklari, muammolarini eshitish va ularning echimini topishda ko’maklashish, qo’shimcha darslar, to’garaklar, tarbiyaviy darslar o’tkazishga oid tegishli shart-sharoitlar yaratish kabi ishlar kiradi.
3. Kommunikativ qobiliyat - "O`qituvchi-o’quvchi", ota-onalar, jamoatchilik, mahalla va boshka tashkilotlar bilan to’g’ri munosabat hamda kasbiy-madaniy aloqalar o’rnatishga qaratilgan.
4. Pertseptiv qobiliyat - o’quvchi va talabaning qalbiga yo’l topa olish, o’z navbatida uni qalban his etib, o’zining o’rniga qo’yib ko’ra bilish, yoshlarni ruhiy-ma`naviy olamini o’rganish, unga ob`ektiv baho berish, bolani psixologik xususiyatini bilgan holda uning kayfiyati, hissiyoti, diqqati va boshqa psixik jarayonlarini o’rganib borish o’qituvchining pertseptiv qobiliyatini tashkil etadi.
5. Informatsion qobiliyat - o’quv-tarbiya jarayonining boshi, ya`ni boshlanishi hisoblanib, o’qituvchining qanchalik axborot ola bilish qobiliyati, uni atroflicha o’rganib, tahlil etib, o’quvchi va talabaning yoshi, ongi, dunyoqarashiga mos ravishda etkazib bera olishida o’z ifodasini topadi. Bunda qaytar aloqa va uning samaradorligi o’qituvchining informatsion qobiliyati darajasini belgilaydi.
b. Didaktiv qobiliyat - o’quvchi va talabani bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini aniklash, mustaqil fikri, mantiqiy va analitik tafakkuri asosida egallayotgan bilim, ko’nikma va malakalarini o’rganib borishi, bu jarayonda egallayotgan bilimlar qay darajada ko’nikma va malakalarga aylanayotganligi muhimdir. O`qituvchnning yana bir didaktiv qobiliyatiga uning dars jarayonini kuzata bilish va tahlil qila olishi kiradi. Didaktiv qobiliyatning yana bir o’ziga xos xususiyati o’qituvchining bilimdonligi, zehnining o’tkirligi, ijodkorlngida ko’rinadi. Didaktiv qobiliyat o’qituvchining informatsion qobiliyati asosida rivojlanib boradi.
7. Yo’naltiruvchi qobiliyat — motivlar va motivatsiya bilan bog’liq bo’lib, erkin fikr, qiziqish, havas, intilish va orzu bilan uyg’un holda bo’ladi.
8. Safarbar etuvchi qobiliyat — bugungi davr rivoji va talabidan kelib chiqib, o’qituvchini iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy va kasbiy-madaniy munosabatlarning naqadar dolzarbligi, echimini kutayotgan muammolarni hal etishning zarurligi, nazariy-metodologik bilimlarni amaliyot darajasiga olib chiqishning o’ta muhimpigini anglab etish bilan bog’liq ravishda hal etiladi.
9. Rivojlantiruvchi qobiliyat — ta`lim-tarbiya rivojining uygunligida amalga oshib, bunda o’qituvchi o’quvchini hissiy-irodaviy, didaktiv yo’naltiruvchi, safarbar etuvchi, yangilikka intiluvchanlik va ilmiy-ijodkorlik qobiliyatlarini aniq sistemada maqsadli ravishda rivojlantira olish qobiliyati bilan ifodalanadi.
10. Kreativ qobiliyat - bu o’qituvchining alohida o’ziga xos qobiliyati bo’lib, o’z ongida yangi tushunchalarni o’rganish, uni tahlil etishdan boshlanib, yangilikka intilish, o’z sohasi bo’yicha axborotlarni to’plash, uni alohida dastur holiga keltirib, ta`lim va tarbiya jarayoniga tatbiq eta olish bilan belgilanadi.
11. Gnostik (tadqiqotchilik) qobiliyat - o’qituvchining izlanishga, ijodiy mehnatga, ilm-fanga qiziqishga, muammolar echimida maqsad va vazifalar qo’ya bilishga, ahamiyatiga qarab ilmiy-amaliy faktlarni to’shlay olishga, muayyan ilmiy faraz echimini topishga, ilmiy tadqiqotchilik ishi bilan shug’ullanishga, ilm asosida bilim berish printsipi asosida faoliyat yuritishga undaydi.
Pedagogik faoliyatlarni insonparvarlashtirish har bir о‘quvchining sifatli ta’lim olishini ta’minlaydi. О‘quvchi uchun erkin bilim olish о‘z fikrini mustaqil bayon etish imkoniyatlarini yaratadi. Shu jihatdan ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish, takomillashtirish rejimida ishlashda katta imkoniyatlar ochib beradi. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish har bir о‘quvchining sifatli ta’lim olishini ta’minlaydi. О‘quvchi uchun ijodiy muhit va о‘z fikrini erkin bayon etish imkoniyatlarini yaratadi.
Hozirgi ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirishda insonparvarlashtirishning amalga oshirilishi innovatsion faoliyat yuritishda katta ahamiyatga ega.
Ta’lim muassasalariga yuridik shaxs maqomini berilishi, ularning moliya-xо‘jalik faoliyati mustaqil bо‘lganligi, pedagog kadrlarning ish sifati natijalarini xolisona baholash asosida oylik ish haqqiga ustamalarni belgilash, mukofotlar, moddiy yordam berish joriy qilingani, maktab, mahalla, oila hamda ta’lim muassasalarida ijodiy muhitni rivojlantirishga oid dasturlarning ishlab chiqilganligi va boshqa bir qator dasturlarning amalga oshirilishi ta’lim-tarbiya sohasida pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish yо‘lida olib borilayotgan amaliy innovatsion ishlar hisoblanadi.
Mustaqil О‘zbekiston respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirish tamoyillari, ta’lim-tarbiya jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish keng kо‘lamda tadbiq etishni talab etadi. Ta’lim-tarbiya sohasida pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish о‘zida falsafa, sotsiologiya, psixologiya va pedagogikaning innovatsion, insonparvarlik g‘oyalarini mujassamlashtiradi. Bu g‘oyalarning markazida mustaqil, ijodkorlik, kreativ, innovatsion fikrlash qobiliyatiga ega bо‘lgan, ongli, о‘z pozitsiyasini himoya qiladigan shaxsni tarbiyalash maqsadi va vazifasi turadi.
Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish, demokratlash orqali pedagogik jarayonda hamkorlik, hamijodkorlik va g‘amxо‘rlik qilinishi, о‘quvchi shaxsini har qanday vaziyatda hurmat qilish va e’zozlash orqali tahsil olishga muhit yaratish, ijod qilishi va о‘z-о‘zini rivojlantirishga qulay ijtimoiy psixologik va dо‘stona munosabat yaratishni maqsad qilib olishi kerak. Ana shunday muhit jarayonida о‘quvchi о‘z о‘quv faoliyatining subyektiga aylanadi. О‘qituvchi shu jarayonda subyekt-subyekt hamkorligida о‘quv-tarbiyaviy ishlarni ijodiy muhitda olib boradi va yuqori natijalarni qо‘lga kiritadi.
Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish ta’lim-tarbiya oluvchiga о‘z ehtiyojlarini, qiziqishlari, iqtidor va imkoniyatlarini ishga solish va qoniqish hosil qilishlariga sabab bо‘ladi.
Pedagogning о‘quvchi shaxsiga bо‘lgan insonparvarlashtirilgan munosabati о‘quvchini, talabani sevishi, ularning har birining taqdiri uchun qayg‘urishi, bolalarga bо‘lgan ishonchning yuqoriligi, о‘zaro hamkorlik, hamijodkorlik, hamdardlik muhitini yaratilishi, muloqot madaniyatini yuqori darajada bо‘lishi, о‘quvchilarni majburlashdan voz kechishi va aksincha, ularni ijobiy rag‘batlantirishning ustunligi tufayli ta’lim jarayonidan kо‘zlangan maqsadga erishish, о‘quvchi faoliyatida uchraydigan kamchiliklarga chidamli bо‘lishi, ularni bartaraf etishning samarali yо‘llarini izlashi zarur.
Ta’lim-tarbiya sohasida pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish uchun о‘qituvchi nima ish qilishi kerak? Bu о‘rinda о‘qituvchi quyidagi xatti-harakatlarni amalga oshirishi lozim:
- о‘zining shaxsiy-kasbiy sifatlari va fazilatlarini tahlil qilishi, bu boradagi kamchiliklarni aniqlashi va ularga barham berish yо‘llarini izlashi;
- pedagogik jarayonda dо‘stona, samimiy muhit, hamkorlik, hamijodkorlik va g‘amxо‘rlik vaziyatda ish faoliyatini olib borish;
- о‘quvchi, talaba shaxsini hurmat qilish va e’zozlash yо‘llarni egallashi, о‘qitish jarayonida ijodiy va qulay ijtimoiy-psixologik muhitni yaratish kо‘nikma va malakalarini egallagan bо‘lishi;
- о‘quvchilarni rag‘batlantirish va uni yangi metodlarini qо‘llash kо‘nikmalarini samarali о‘zlashtira olishi;
- о‘zining pedagogik va о‘quvchilarning bilish faoliyatidagi kamchiliklarga barham berishning samarali usullarini egallagan bо‘lishi kerak.
Albatta, yuqoridagi harakatlarni amalga oshirish ta’lim sifati va samaradorligi oshirishni kafolatlaydi. Buning uchun о‘qituvchilarning bilim va pedagogik mahoratlarini takomillashtirib borishlari doimiy, uzluksiz holda olib borilishi talab etiladi.
Innovatsion faoliyatda ish yuritishda yuksak madaniy-insonparvarlik asosida ta’limga yondashish talab etiladi.

№5 mavzu: O'quv mashg'ulotlarida o'qitish texnologiyasini loyihalashtirish
Reja:

  1. Ta`limni texnologiyalashtirishning asoslari

  2. O'qitish texnologiyasini loyihalashtirish


Tayanch iboralar: ta`limni texnologiyalashtirish, YaPT, dars bloklari, dunyoviy bilim, milliy g’oya
Ta`limni texnologiyalashtirishning asosini, ta`lim jarayonini, uning samaradorligini oshirish va ta`lim oluvchilarni, berilgan sharoitlarda va ajratilgan vaqt ichida loyihalashtirilayotgan o’quv natijalarga erishishlarini kafolatlash maqsadida to’liq boshqarish g’oyasi tashkil etadi.
Bunday yondashishning mohiyati, ta`lim jarayonini tizimlashtirishdan – uni, aniq rasmiylashtirilgan va detallari bo’yicha aniq elementlarga bo’lib tashlash yordamida maksimal shakllantirishdan iborat.
O`qituvchining dars jarayonida YaPT larni qo’llashdagi ta`lim samaradorligini aniqlash ta`limni to’g’ri olib borayotganligi baholashda muhim omil bo’lib hisoblanadi. Shu sababli o’qitishda YaPT ni qo’llashning samaradorligini aniqlash mezonlarini keltirib o’tamiz.
Bunda birinchi navbatda quyidagicha dars bloklarining maqsadi va vazifalari qaraladi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin