Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə19/38
tarix25.01.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#80664
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish 2021-3-kurs (IO\'M) majmua-yangi

Mavzu yuzasidan savollar:

  1. Pedagogik innovatsiya, innovatika, innovatsion jarayon, innovatsion faoliyat, innovatsion maqsad, innovatsion muhit, novator, islohat, innovatsion reja va innovatsion loyiha nima?

  2. Innovatsiyalarni yaratish yoki tadbiq etish deganda nimani tushunasiz?

  3. Innovatsion jarayon deganda nimani tushunasiz?

  4. Innovatsiyalarni yaratish yoki tadbiq etish deganda nimani tushunasiz?

  5. Innovatsion jarayon deganda nimani tushunasiz?

  6. Yangiliklarni kiritish modeli, ularni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish fazalarini aytib bering.



Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ergashov M., Normatov T., Xakimjonova H. Ta’limda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari. O‘quv-uslubiy majmua. TDPU bosmaxonasi.
Toshkent 2014y.
2. Ergashov M., Narmatov T., Xakimjonova H. Boshqaruda zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari va global tarmoqdan foydalnish.. O‘quv-uslubiy
majmua. TTESI bosmaxonasi. Toshkent 2015y.
3. http:// www.edu.uz
4. http:// www.ccitt.uz


Seminar mashg’uloti №3
3-mavzu:O'quv maqsadi va natijalarini loyihalashtirish
Reja:

  1. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarning mohiyati

  2. O'quv maqsadi va natijalarini loyihalashtirish



Tayanch iboralar: globallashuv insonparvarlik, hamkorlik, erkin tarbiyalash,
munosabatlarni demokratlashtirish

Globallashuv sharoitida ta’lim shaxsni har tomonlama voyaga yetkazish, unda komillik va malakali mutaxassisga xos sifatlarni shakllantirishda muhim о‘rin tutadi. Bugungi tezkor davr о‘quvchilarni qisqa muddatda asosli ma’lumotlar bilan qurollantirish, ular tomonidan turli fan asoslarini puxta о‘zlashtirilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni taqozo etmoqda.


Hozirgi sharoitda ta’lim jarayonining barcha imkoniyatlariga kо‘ra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yо‘naltirilishi talab qilinmoqda. О‘zida ana shu imkoniyatlarni namoyon eta olgan ta’lim shaxsga yо‘naltirilgan ta’lim deb nomlanadi.
Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim o'z mohiyatiga ko'ra ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to'laqonli rivojlanishlarini ko'zda tutadi. Shuning uchun uni о‘quvchining fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi, о‘ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yо‘naltirilgan ta’lim deyish mumkin.
Bu esa ta'limni loyihalashtirishda, albatta, ma'lum bir ta'lim oluvchining shaxsini emas, balki, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog'liq o'qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondashuvni nazarda tutadi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalariga quyidagi asosiy prinsiplar xos bo‘ladi:

  • insonparvarlik, ya’ni insonga har tomonlama hurmat va muhabbat ko‘rsatish, unga yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishonch bilan qarash, zo‘ravonlikdan to‘la voz kechish;

  • hamkorlik, ya’ni pedagog va o‘quvchilar munosabatidagi demokratizm, tenglik, sheriklik;

  • erkin tarbiyalash, ya’ni shaxsga uning hayot faoliyatini keng yoki tor doirasida tanlab olish erkinligi va mustaqillikni berish, natijalarni tashqi ta’sirdan emas, ichki hissiyotlardan keltirib chiqarish.

Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarning kommunika­tiv asosi - pedagogik jarayonda o‘quvchiga insoniy-shaxsiy yondashuv hisoblanadi.
Shaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • pedagogik jarayonda shaxs ob’ekt emas, sub’ekt hisoblanadi;

  • har bir o‘quvchi qobiliyat egasi, ko‘pchiligi esa iste’dod egasi hisoblanadi;

  • yuqori etik qadriyatlar (saxiylik, muhabbat, mehnatsevarlik, vijdon va boshqalar) shaxsning ustuvor xislatlari hisoblanadi.

Munosabatlarni demokratlashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • o‘quvchi va pedagog huquqlarini tenglashtirish,

  • o‘quvchining erkin tanlab olish huquqi;

  • xatoga yo‘l qo‘yish huquqi;

  • o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lish huquqi

  • pedagog va tahsil oluvchi munosabatining asosi: ta’qiqlamaslik; boshqarish emas, birgalikda boshqarish; majburlash emas, ishontirish; buyurish emas, tashkil etish; chegaralash emas, erkin tanlab olishga imkon berish.

  • Yangi munosabatlarning asosiy mazmuni, hozirgi zamon sharoitida samarali natija bermaydigan va g‘ayri insoniy hisoblanadigan majburlash pedagogikasidan voz kechishdir. Muammo bu yondashuvni mutlaqlashtirishda emas, balki uning oqilona mezonlarini aniqlashdadir. Umuman olganda tarbiya jarayonida majburlashdan voz kechish mumkin emas, ammo jazolash insonni kamsitadi, ezadi, rivojlanishini susaytiradi, unda so‘zsiz itoatkorlik xususiyatlarini shakllantiradi.

Erkin o‘qitish quyidagilar bilan belgilanadi:

  • ishonchga asoslangan erkin talabchanlik;

  • o‘quv materialiga qiziqish uyg‘otish, bilishga va faol ijodiy fikrlashga rag‘batlantirish;

  • o‘quvchilarning mustaqilligi va tashabbusiga tayanish;

  • jamoa orqali bilvosita usullar bilan talablarni amalga oshirishni ta’minlash.

Yangi individual yondashuvning mohiyati shundaki, u ta’lim tizimida o‘quv fanidan o‘quvchiga emas, o‘quvchidan o‘quv fani tomonga harakatlanishni taqozo etadi, o‘quvchilarning mavjud imkoniyatlarini inobatga olib, ularni rivojlantirish, takomillashtirish va boyitishga qaratilgan bo‘ladi.
Individual yondashuvning zamonaviy yangi talqini quyidagilardan iborat:

  • o‘rtacha o‘quvchiga yo‘naltirishdan voz kechish;

  • shaxsning yaxshi xislatlarini izlash;

  • shaxs rivojlanishining individual dasturlarini tuzish.

Shaxsiy yondashishda birinchi navbatda quyidagilar zarur bo‘ladi:

  • har bir o‘quvchi qiyofasida noyob shaxsni ko‘rish, uni hurmat qilish, tushunish, qabul qilish, unga ishonish. Pedagogda barcha o‘quvchilar iste’dodli degan ishonch bo‘lishi kerak.

  • shaxsga yutuqni ma’qullovchi, qo‘llab-quvvatlovchi, xayrixoh vaziyatlar yaratish, ya’ni o‘qish qoniqish va xursandchilikni olib kelishi kerak;

  • bevosita majburlashga yo‘l qo‘ymaslik, qoloqlikka va boshqa kamchiliklarga urg‘u bermaslik, uning nafsoniyatiga tegmaslik;

  • pedagogik jarayonda, o‘quvchilarga o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratish va ko‘maklashish.

Oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimi uchun o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
ishbilarmonlik o‘yinlari; muammoli o‘qitish; tabaqalashtirilgan o‘qitish; dasturlashtirilgan o‘qitish; kompyuterlashtirilgan o‘qitish; modulli o‘qitish.
Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari ilmiy-texnikaviy taraqqiyot jadallashtirilgan davrda rivojlangan davlatlarda shakllantirilganligini inobatga olgan holda ular chuqur ildizlarga ega ekanligini ta’kidlash to‘g‘ri bo‘lar edi.
Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar insonning aqliy qobiliyatlarini ochishiga xizmat qiladi.
Mazkur ta’lim ijodiy topshiriqlar; kreativ yondashishni taqozo etuvchi vazifalar; muammoli vaziyatlar; rolli va ishbilarmonlik о‘yinlari; bahs-munozara, debat; musobaqa kо‘rinishidagi bellashuvlar asosida tashkil etiladi
Ma’ruza о‘qituvchi shaxsining barcha boyligi: ongi, hissiyoti, irodasi, tuyg‘usi, e’tiqodi orqali talabalar ichki dunyosi bilan muloqotda bо‘lishining eng samarali, jonli shaklidir. Bunda о‘qitishning yо‘naltiruv, axborot berish, metodologik va tarbiyalash funksiyalarini rо‘yobga chiqarishga yordam beradi.
Ma’ruzaning yо‘naltiruvchi funksiyasida talabalarning diqqati о‘quv materialining asosiy qoidalari, uni о‘rganishdagi hamda bо‘lg‘usi kasbiy faoliyatidagi roli va ahamiyati, uni о‘zlashtirish metodlariga jalb qilinadi.
Ma’ruzaning axborot berish funksiyasi asosiy ilmiy faktlar, qoidalar, xulosalarning mohiyatini ochishda о‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ma’ruzaning metodologik funksiyasini qо‘llash tadqiqot metodlarini qiyoslash, chog‘ishtirishga, ilmiy izlanishning tamoyillari va yondashuvlarini aniqlashga yordam beradi.
Ma’ruzaning tarbiyaviy funksiyasi ma’ruza jarayonida о‘quv materialiga hissiy baho berish munosabatlarini uyg‘otish, qiziqishlarini о‘stirish, mantiqiy fikrlash va isbotlashni oydinlashtirish yо‘li bilan amalga oshiriladi.
Ta’lim tizimiga ma’ruza bilan birgalikda amaliy (mashq, seminar va laboratoriya) mashg‘ulot turi ham kiradiki, ular: ta’limiy, tarbiyaviy va nazariyani amaliyot bilan bog‘lash funksiyalarini bajaradi.
“Amaliy mashg‘ulot” termini pedagogikaga oid adabiyotlarda ham keng, ham tor ma’noda izohlanadi. “Amaliy mashg‘ulot” termini keng ma’noda mashq, seminar (ularning barcha turlari) va laboratoriya mashg‘ulotlarini umumlashtiradi. Amaliy mashg‘ulotlarning ma’ruzadan farqlanadigan asosiy meyorlaridan biri о‘quv jarayoni qatnashchilarining birgalikdagi harakatlarida о‘ziga xos xarakterdadir. Ular vazifalariga kо‘ra ham farqlanadi. Agar ma’ruzada ilmiy bilimlar asosi bayon qilinadigan bо‘lsa, amaliy mashg‘ulotlarda bilimlar chuqurlashtiriladi, kengaytiriladi va aniqlashtiriladi. Eng muhimi, amaliy mashg‘ulotlar talabalar bilimini mustahkamlash, amaliyotga qо‘llash va sinashga ham xizmat qiladi.
Amaliy mashg‘ulot shakllaridan biri seminardir.
Seminar mashg‘ulotlari quyidagi vazifalarni yechishga qaratilgan bо‘ladi:
• ma’ruzada bayon qilingan nazariy qoidalarni mustahkamlash;
• fan bо‘yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish;
• talabalarning ilmiy-tadqiqot, bilish qobiliyatlarini о‘stirish;
• nazariy о‘qitish jarayonida egallagan bilimlarining amaliyotda tan olinishi.
Pedagogika nazariyasi va amaliyotida seminar mashg‘ulotlarining uch turi farqlanadi: seminar oldi mashg‘uloti, seminar va maxsus seminar.
Seminar oldi mashg‘ulotlari, asosan, talabalarni mustaqil ishning о‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish maqsadida о‘tkaziladi. Unda adabiyotlar, ma’lumotnoma-adabiyotlar va boshqa manbalar bilan ishlash usullari о‘rgatiladi, talabalarni boshlang‘ich shaklda ilmiy-tadqiqot ishlariga о‘tishga hozirlaydi. Seminar oldi mashg‘ulotlari seminar mashg‘ulotlarining tayyorgarlik shakli hisoblanadi va odatda birinchi kurslarda о‘tkaziladi.
Seminar oldi mashg‘ulotlarida о‘qituvchi yetakchilik qiladi, chunki talabalar muayyan ixtisoslik bо‘yicha о‘quv ishlariga kam e’tibor beradilar, shuning uchun ham yetarli darajada tashabbus kо‘rsata olmaydilar.
Seminar mashg‘ulotlarida seminar oldi mashg‘ulotlariga nisbatan о‘ta muhim vazifalar hal qilinadi. Masalan, ayrim seminarlar tematik bog‘langan muayyan muntazam kursni chuqur о‘rganishni maqsad qilib qо‘yadi. Boshqalari esa biror mavzuni yoki kursning alohida va nihoyatda muhim va umumiy bо‘lgan mavzularini metodologik jihatdan ishlab chiqishga bag‘ishlangan bо‘ladi.
Maxsus seminarlar ma’ruza mavzulariga aloqador bо‘lmaydi va biror fanning dasturi mazmuniga kirmaydi. Odatda fanning xususiy masalalarini chuqur о‘rganish maqsadida kо‘llaniladi.
Laboratoriya mashg‘ulotlari. Laboratoriya mashg‘ulotlarining asosiy tavsifi shundaki, unda talabalar mustaqil ravishda vazifa bajaradilar yoki eksperiment о‘tkazadilar.
Ilmiy-texnik taraqqiyot sharoitida laboratoriya ishlari talabaga nazariy bilimlarni qо‘llash mexanizmini chuqur va kо‘rgazmali о‘rganish imkonini beradi. Laboratoriya mashg‘ulotlari talabada tadqiqot о‘tkazish kо‘nikmalarini shakllantiradi, fan va texnikaga ijodiy yondashishni ta’minlaydi, eksperimentning umumiy metodikasini egallashga imkon beradi.
Laboratoriya mashg‘ulotlarini о‘tkazishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilinadi:
• laboratoriya mashg‘ulotlarini rejalashtira olish va о‘tkaza olish;
• laboratoriya mashg‘ulotlarining maqsadini aniq belgilab olish;
• fan va ishlab chiqarish bо‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish imkoniyatlariga talabalarda qiziqish uyg‘otish;
• talabada natijani mustaqil ravishda qо‘lga kiritish imkoniyatini ta’minlash;
• talabani nazariy jihatdan tayyorlash;
• laboratoriya mashg‘ulotlari nafaqat konkret mavzu bо‘yicha bilimlarni yakunlash, balki talabalarni tarbiyalash manbai hamdir.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin