Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish O’quv-uslubiy majmua


О‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlashdan kо‘zlangan asosiy maqsad –



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə18/38
tarix25.01.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#80664
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish 2021-3-kurs (IO\'M) majmua-yangi

О‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlashdan kо‘zlangan asosiy maqsad – ularning yangilikka intiluvchanliklari, yangilikni mustaqil izlash, yaratish va qо‘llash kо‘nikma va malakalarini shakllantirish, ilg‘or pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlardan foydalanib, dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni о‘tkazish mahoratini takomillashtirishdan iborat.
Innovatsion faoliyat о‘qituvchining о‘z faoliyatidan qoniqmasligidan kelib chiqadi, о‘qituvchi tomonidan u yoki bu pedagogik vazifani xal qilishda qandaydir tо‘sikqa duch kelib, uni muvaffaqiyatli hal etishga intilish asosida yuzaga keladi. Innovatsion faoliyat yangi g‘oyani izlashdan boshlanadi.
Pedagogik innovatsiya ta’lim-tarbiya jarayonidagi muhim va murakkab masala yechimiga yо‘naltirilganligi sababli о‘qituvchidan о‘quv jarayoniga, uni boshqaruviga yangicha yondashuvni talab etadi.
О‘qituvchi innovatsion faoliyati tuzilishining tahlil qilishga turli xil yondashuvlar mavjud. Masalan A.Nikolskayaning fikricha, faoliyatni yangilash 3 bosqichda amalga oshadi:

  • tayyorgarlik;

  • rejalashtirish;

  • amaliyotga joriy etish.

О‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlashda bir qator psixologik tо‘siqlar mavjud. Bular: 1) о‘qituvchining о‘zi kо‘nikkan faoliyat chegarasidan tashqariga chiqishi juda kiyinligi, ya’ni о‘qituvchilarda ijodkorlikning yetarli emasligi bо‘lsa, yana bir sabab yangi va noma’lum bо‘lgan narsalar har doim odamlarda chо‘chish va xavfsirashni keltirib chiqarishidir.
Amaliyotni tashkil qilish va о‘tkazish uchun javobgarlik ta’lim muassasasi rektori zimmasiga yuklanadi. Ikki tomonlama bitimlar asosida amaliyotni xorijiy davlatlar korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida о‘tish mumkin. Amaliyotni tashkil qilish va unga rahbarlik bо‘yicha oliy ta’lim muassasasining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Ta’lim yо‘nalishi (mutaxassislik) bо‘yicha talabalarni о‘quv jadvalida belgilangan davrda malakaviy amaliyotni о‘tkazish uchun yuborish;

  • malakaviy amaliyot о‘tkazilishi muddatini, talaba amaliyotchilar bajaradigan ishlar mazmunini oldindan kelishish va loyiha–tadqiqot tashkilotlari bilan shartnoma tuzish;

  • talabalarni loyiha–tadqiqot tashkilotlarida amalda bо‘lgan ichki nazorat, mexnat muxofazasi, yong‘in xavfsizligi, tibbiy-gigiyenik talablar, texnika xavfsizligi qoidalari, loyiha–tadqiqot tashkilotlaridagi tegishli kasb va malakali ishchilar uchun belgilangan boshka meyoriy qoidalarga о‘rgatish va unga amal qilishini nazorat kilish;

  • talaba tomonidan jixozlarni ishga tushirish bо‘yicha belgilangan talablarga amal qilishni, о‘z-о‘zini ximoya etish uchun beriladigai vositalardan tо‘g‘ri foydalanishni, shuningdek, ularni xom-ashyo, materiallar, energiya va boshqa manbalardan tejamkorlik bilan foydalanishga о‘rgatish;

  • talabalarni jixozlar bilan tо‘liq ta’minlangan ish о‘rni, kasb bо‘yicha о‘quv dasturi talablari asosida ish bajarish uchun materiallar, asbob uskunalar va boshqa zarur moslamalar bilan ta’minlanish, loyixa-mehnat xavfsizligining meyor va qoidalariga rioya etish choralarini kо‘rish;

  • amaliyot о‘qituvchilari orkali talabalarning amaliyotiga uslubiy
    raxbarlik qilish va о‘quv ishlirini tashkil etish.

Amaliyot yakunida talaba yozma ravishda hisobot tayyorlaydi va uni bevosita amaliyot obyektidan tayinlangan rahbar imzolagan kundalik daftar bilan birga oliy ta’lim muassasasidan tayinlangan rahbarga topshiradi. Hisobot talabaning amaliyot davrida bajargan muayyan ishlari tо‘g‘risidagi ma’lumotlar, amaliyot obyekti bо‘limlarining qisqacha izohi (sex, bо‘lim, laboratoriya va boshqalar), ular faoliyatining tashkil qilinishi, hayot faoliyatining xavfsizligi tо‘g‘risida masalalar, amaliyot natijalari bо‘yicha xulosa va takliflarni о‘z ichiga olishi lozim.
Ma’ruza о‘qituvchi shaxsining barcha boyligi: ongi, hissiyoti, irodasi, tuyg‘usi, e’tiqodi orqali talabalar ichki dunyosi bilan muloqotda bо‘lishining eng samarali, jonli shaklidir. Bunda о‘qitishning yо‘naltiruv, axborot berish, metodologik va tarbiyalash funksiyalarini rо‘yobga chiqarishga yordam beradi.
Ma’ruzaning yо‘naltiruvchi funksiyasida talabalarning diqqati о‘quv materialining asosiy qoidalari, uni о‘rganishdagi hamda bо‘lg‘usi kasbiy faoliyatidagi roli va ahamiyati, uni о‘zlashtirish metodlariga jalb qilinadi.
Ma’ruzaning axborot berish funksiyasi asosiy ilmiy faktlar, qoidalar, xulosalarning mohiyatini ochishda о‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ma’ruzaning metodologik funksiyasini qо‘llash tadqiqot metodlarini qiyoslash, chog‘ishtirishga, ilmiy izlanishning tamoyillari va yondashuvlarini aniqlashga yordam beradi.
Ma’ruzaning tarbiyaviy funksiyasi ma’ruza jarayonida о‘quv materialiga hissiy baho berish munosabatlarini uyg‘otish, qiziqishlarini о‘stirish, mantiqiy fikrlash va isbotlashni oydinlashtirish yо‘li bilan amalga oshiriladi.
Ta’lim tizimiga ma’ruza bilan birgalikda amaliy (mashq, seminar va laboratoriya) mashg‘ulot turi ham kiradiki, ular: ta’limiy, tarbiyaviy va nazariyani amaliyot bilan bog‘lash funksiyalarini bajaradi.
“Amaliy mashg‘ulot” termini pedagogikaga oid adabiyotlarda ham keng, ham tor ma’noda izohlanadi. “Amaliy mashg‘ulot” termini keng ma’noda mashq, seminar (ularning barcha turlari) va laboratoriya mashg‘ulotlarini umumlashtiradi. Amaliy mashg‘ulotlarning ma’ruzadan farqlanadigan asosiy meyorlaridan biri о‘quv jarayoni qatnashchilarining birgalikdagi harakatlarida о‘ziga xos xarakterdadir. Ular vazifalariga kо‘ra ham farqlanadi. Agar ma’ruzada ilmiy bilimlar asosi bayon qilinadigan bо‘lsa, amaliy mashg‘ulotlarda bilimlar chuqurlashtiriladi, kengaytiriladi va aniqlashtiriladi. Eng muhimi, amaliy mashg‘ulotlar talabalar bilimini mustahkamlash, amaliyotga qо‘llash va sinashga ham xizmat qiladi.
Amaliy mashg‘ulot shakllaridan biri seminardir.
Seminar mashg‘ulotlari quyidagi vazifalarni yechishga qaratilgan bо‘ladi:
• ma’ruzada bayon qilingan nazariy qoidalarni mustahkamlash;
• fan bо‘yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish;
• talabalarning ilmiy-tadqiqot, bilish qobiliyatlarini о‘stirish;
• nazariy о‘qitish jarayonida egallagan bilimlarining amaliyotda tan olinishi.
Pedagogika nazariyasi va amaliyotida seminar mashg‘ulotlarining uch turi farqlanadi: seminar oldi mashg‘uloti, seminar va maxsus seminar.
Seminar oldi mashg‘ulotlari, asosan, talabalarni mustaqil ishning о‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish maqsadida о‘tkaziladi. Unda adabiyotlar, ma’lumotnoma-adabiyotlar va boshqa manbalar bilan ishlash usullari о‘rgatiladi, talabalarni boshlang‘ich shaklda ilmiy-tadqiqot ishlariga о‘tishga hozirlaydi. Seminar oldi mashg‘ulotlari seminar mashg‘ulotlarining tayyorgarlik shakli hisoblanadi va odatda birinchi kurslarda о‘tkaziladi.
Seminar oldi mashg‘ulotlarida о‘qituvchi yetakchilik qiladi, chunki talabalar muayyan ixtisoslik bо‘yicha о‘quv ishlariga kam e’tibor beradilar, shuning uchun ham yetarli darajada tashabbus kо‘rsata olmaydilar.
Seminar mashg‘ulotlarida seminar oldi mashg‘ulotlariga nisbatan о‘ta muhim vazifalar hal qilinadi. Masalan, ayrim seminarlar tematik bog‘langan muayyan muntazam kursni chuqur о‘rganishni maqsad qilib qо‘yadi. Boshqalari esa biror mavzuni yoki kursning alohida va nihoyatda muhim va umumiy bо‘lgan mavzularini metodologik jihatdan ishlab chiqishga bag‘ishlangan bо‘ladi.
Maxsus seminarlar ma’ruza mavzulariga aloqador bо‘lmaydi va biror fanning dasturi mazmuniga kirmaydi. Odatda fanning xususiy masalalarini chuqur о‘rganish maqsadida kо‘llaniladi.
Laboratoriya mashg‘ulotlari. Laboratoriya mashg‘ulotlarining asosiy tavsifi shundaki, unda talabalar mustaqil ravishda vazifa bajaradilar yoki eksperiment о‘tkazadilar.
Ilmiy-texnik taraqqiyot sharoitida laboratoriya ishlari talabaga nazariy bilimlarni qо‘llash mexanizmini chuqur va kо‘rgazmali о‘rganish imkonini beradi. Laboratoriya mashg‘ulotlari talabada tadqiqot о‘tkazish kо‘nikmalarini shakllantiradi, fan va texnikaga ijodiy yondashishni ta’minlaydi, eksperimentning umumiy metodikasini egallashga imkon beradi.
Laboratoriya mashg‘ulotlarini о‘tkazishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilinadi:
• laboratoriya mashg‘ulotlarini rejalashtira olish va о‘tkaza olish;
• laboratoriya mashg‘ulotlarining maqsadini aniq belgilab olish;
• fan va ishlab chiqarish bо‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish imkoniyatlariga talabalarda qiziqish uyg‘otish;
• talabada natijani mustaqil ravishda qо‘lga kiritish imkoniyatini ta’minlash;
• talabani nazariy jihatdan tayyorlash;
• laboratoriya mashg‘ulotlari nafaqat konkret mavzu bо‘yicha bilimlarni yakunlash, balki talabalarni tarbiyalash manbai hamdir.


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin