Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə17/38
tarix25.01.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#80664
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish 2021-3-kurs (IO\'M) majmua-yangi

O`quv
jarayonining
mazmuni.

O`qitish tamoyillari, tushunchalari, o’qitishning tashkiliy shakllari, talabalarning hamkorlikda ta`lim olish metodi, o’qtish metodlarini farqlash, og’zaki, ko’rgazmali va amaliy metodlarni o’rganish.

O`quv jarayonini
amalga oshirish
texnologiyasi.

Uslub: Og’zaki bayon qilish, “Bumerang” texnologiyasi.
Shakl: Suhbat-munozara, amaliy mashg’ulot, kichik guruhlar va jamoada ishlash.
Vosita: Tarqatma materiallar: matnlar, ariza, ma`lumotnoma, xabarnoma blankalari.
Usul: Tayyor yozma materiallar va chizmalar asosida.
Nazorat: Og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish.
Baholash: Rag’batlantirish, 5 balli tizim asosida baholash.

Kutilgan
natijalar.

O`qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha talaba (yoki o’quvchi)lar tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi. Talabalar faolligini oshiradi. Talabalarda darsga nisbatan qiziqish uyg’otadi. Bir mashg’ulot jarayonida barcha talabalarni baholaydi. O`z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishadi. Talaba (yoki o’quvchi)lar tomonidan yozma axborotni mustaqil o’rganish, uni xotirada saqlash, boshqalarga etkazish, savol berish va savollarga javob berishga o’rgatadi.
Talaba (yoki o’quvchi): Yangi bilimlarni egallaydi , yakka holda va guruh bo’lib ishlashni o’rganadi. Nutqi rivojlanadi va eslab qolish qobiliyati kuchayadi. O`z-o’zini nazorat qilishni o’rganadi. Qisqa vaqt ichida ko’p ma`lumotga ega bo’ladi va baholay oladi.


2 mavzu: Loyihaviy o'qitish texnologiyasini rejalashtirish va amalga oshirish.
Reja:

  1. Informatika o`qituvchisining innovatsion o`quv-biluv faoliyati

  2. Innovatsion o`quv-biluv faoliyatida malakaviy amaliyot

  3. Innovatsion o`quv-biluv faoliyatida maxsus kurslar

Tayanch so`z va iboralar: pedagogik faoliyat, innovatsion o`quv biluv faoliyat, kreativ qobiliyat, information qobiliyati, gnostik (tadqiqotchilik) qobiliyati, didaktiv qobiliyati,

О‘qituvchi innovatsion faoliyatining eng muhim va markaziy masalasi о‘quv jarayonini sifatli va samarali tashkil etishdan iborat. Bu faoliyat shaxsan о‘qituvchini о‘zigagina taalluqli bо‘lib qolmay, bir qator shaxs, guruh, omma, institusion masshtabda ham bо‘lishi mumkin.


Innovatsion faoliyat – uzluksiz ravishda yangiliklar bilan ishlashdan iborat bо‘lib, u uzoq vaqt davomida shakllanadi va takomillashib boradi. О‘qituvchi innovatsion faoliyati xususiyatlarini о‘rganib chiqqan pedagog olimlarning fikrlariga tayangan holda, quyidagilarni innovatsion faoliyatning asosiy belgilari deya e’tirof etish mumkin:

  • ijodiy faoliyat falsafasini egallash;

  • pedagogik tadqiqot metodlaridan samarali foydalanish malakalarini о‘zlashtirish;

  • mualliflik konsepsiyalarini yaratish qobiliyatiga ega bо‘lish;

- tajriba-sinov ishlarini rejalashtirish va amalga oshira olish;

  • hamkasblar bilan hamkorlikka erishish;

  • Hamkasblar bilan о‘zaro fikr almashish, ularga amaliy metodik yordam kо‘rsata olish kо‘nikmalariga ega bо‘lish;

  • ziddiyatlarning oldini olish va bartaraf etish tajribasini о‘zlashtirish;

- yangiliklarni izlab topish, ularning bankini yaratish va о‘z
sharoitiga moslashtirib borish.
Innovatsion jarayonlar dinamikasining tahlili faqat fan va texnika erishgan zamonaviy yutuqlardan foydalanishni о‘z ichiga olibgina qolmay, balki yangiliklarni izlash, yaratish, moslashtirish, tatbiq etish va olingan natijalarni qayta tekshirish, umumlashtirish kabi jarayonlarni о‘z ichiga qamrab oladi.
Innovatsion faoliyatning tuzilishini о‘rganib chiqqan olimlardan biri V.Slastyonin uni quyidagi tuzilishga ega deb kо‘rsatib о‘tadi: “Innovatsion faoliyatning tuzilishi ijodiy yondashuv, ijodiy faollik, yangilikni kiritishga texnologik va metodologik tayyorgarlik, yangicha fikrlash, muomala madaniyatidan iborat. Innovatsion faoliyatning darajalari reproduktiv, evristik, kreativ bо‘lishi mumkin”.
Innovatsion faoliyat davrida yangiliklar, yangilanishlar, о‘zgarishlar, innovatsiyalar tom ma’noda ta’lim tizimiga kirib keladi va u tо‘rt bosqichda amalga oshiriladi:

  1. Muammoni tahlil asosida aniqlash.

  2. Mо‘ljalanilayotgan ta’lim tizimini loyihalash.

  3. О‘zgarishlar va yangiliklarni rejalashtirish.

  4. О‘zgarishlarni amalga oshirish.


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin