Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə27/38
tarix25.01.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#80664
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish 2021-3-kurs (IO\'M) majmua-yangi

O‘quv rejaning mazmuni va tuzilishini tahlil etish. Fanga ajratilgan soatlar, o‘quv soatlari tuzilishi, fanni o‘qitish haftasiga necha soatga to‘g‘ri kelishi, ajratilgan soatlarda qanaqa mazmun yoritilishi, qaysi mavzuga necha soatdan ajratish lozimligi va hokazolar tahlil etiladi [90].
Masalan, 2016 yilgi 5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishi namunaviy o‘quv rejasida “Informatika o‘qitish metodikasi” fani 3-bo‘lim “Umumkasbiy fanlar” blokida 3.3 bandida bo‘lib, bu fanni 5-6 semestrlarda haftasida 6 soatdan o‘qitish lozimligi, shundan ma’ruza 80 soat, amaliy 40 soat, laboratoriya 40 soat, seminar darslari 62 soatdan, va kurs ishi bilan yakunlanishi keltirilgan. Demak, o‘quv rejasiga mos ishchi dastur tuzish, tuzilgan ishchi dastur soatlari aynan o‘quv rejasida ko‘rsatilgan soatlarga mos bo‘lishi kerak (1-ilova).

  1. Ta’lim jarayonini tashkil etishda talablarni aniq ifodalash. Davlat ta’lim standartiga, o‘quv dasturiga mos mavzularni o‘qitish, o‘qitishda o‘quvchilarni mustahkam bilim olishga undash, hayotga tayyor bo‘lish uchun bilim ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, tarbiyaviy, rivojlanuvchi xususiyatni, shaxsiy sifatlarni rivojlantirish, sodir bo‘ladigan muammolarga mustaqil qaror qabul qilishga, berilgan topshiriqlarni bajarishda ijodkorlik bilan yondashishga o‘rgatish, o‘qishga qiziqish, motivatsiya uyg‘otish, mustaqil o‘rganish qobiliyatlarni, ma’naviyatni, estetik didni kamol toptirish. O‘xshashlik va bir xillikdan qochish, sinfning darsga tayyorligi, yorug‘likning yetarliligi, temperaturaning mosligiga erishish.

  2. Ta’lim shaklini loyihalashtirish. Bizga ma’lumki, ta’lim individual, guruhli va frontal shakllarda amalga oshiriladi. O‘qituvchi aynan ana shu shakllarda o‘quvchilarga ta’lim mazmunini yetkazadi. Shuning uchun, har doim o‘qituvchi “Nimani, qachon, qayerda o‘rgatish”ni loyihalab olishi zarur.

  3. Ta’lim mazmunni loyihalashtirish. Ta’limning mazmuni davlat ta’lim standartlarida, fanning o‘quv dasturida ko‘rsatilgan holatda darslik, o‘quv qo‘llanma, ma’ruza matni, o‘quv-uslubiy majmualarda o‘z aksini topadi [40]. O‘qituvchi mazmunni loyihalashtirishda oddiydan murakkabga, osondan qiyinga tamoyilini hisobga olib, o‘quvchi tushuna oladigan tilda, bajara oladigan topshiriqlar asosida yetkazishi va o‘quvchi ta’lim mazmunini o‘zlashtirishiga erishishi lozim.


  4. Yüklə 0,77 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin