Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə10/38
tarix25.01.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#80664
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish 2021-3-kurs (IO\'M) majmua-yangi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Inter
Innovatsiya (ingilizcha innovation ) – yangilik kiritish, yangilik demakdir.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va talaba(yoki o’quvchi) faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi.
Interfaol (“Inter”-bu o’zaro, “act”-harakat qilmoq) – o’zaro harakat qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo’lishni anglatadi. Boshqacha so’z bilan aytganda, o’qitishning interfaol uslubiyatlari – bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bo’lib, unda ta`lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’ladilar, ular biladigan va o’ylayotgan narsalarini tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Interfaol darslarda o’qituvchining o’rni qisman talaba (yoki o’quvchi)larning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo’naltirishga olib keladi.
Bu uslublarning o’ziga xosligi shundagi, ular faqat pedagog va talaba (yoki o’quvchi)larning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi.
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga:
- talaba (yoki o’quvchi)ning dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur etilishi;
- talaba (yoki o’quvchi)larning o’quv jarayonida fanga bo’lgan qiziqishlarining doimiyligini ta`minlanishi;
- talaba (yoki o’quvchi)larning fanga bo’lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi;
- pedagog va ta`laba (yoki o’quvchi)larning hamkorlikdagi faoliyatini - doimiy ravishda tashkil etilishlari kiradi.
Pedagogik texnologiya masalalarini va muammolarini o’rganayotgan ba`zi o’qituvchilar, tadqiqotchilar va amaliyotchilarning fikricha, pedagogik texnologiya – faqat axborot texnologiyasi bilan bog’liq hamda o’qitish jarayonida qo’llanishi zarur bo’lgan o’qitishning texnik vositalari, kompyuter, masofali o’qish yoki turli xil texnik vositalar. Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi – o’qituvchi va talaba (yoki o’quvchi)ning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalariga bog’liq. O`qitish jarayonida, maqsad bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir ta`lim texnologiyasi o’qituvchi va talaba (yoki o’quvchi) o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida talaba (yoki o’quvchi)lar mustaqil fikrlab, ijodiy ishlab, izlanib, tahlil etib, o’zlari xulosa qila olsalar, o’zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, o’qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, ana shu – o’qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor. O`quv jarayonidagi pedagogik texnologiya – bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo’lib, u talaba (yoki o’quvchi)ning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Pedagogik maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish o’qituvchi va talaba (yoki o’quvchi)ning hamkorlikdagi faoliyati, ular qo’ygan maqsad, tanlagan mazmun, uslub, shakl, vositaga, ya`ni texnologiyaga bog’liq.
O`qituvchi va talaba (yoki o’quvchi)ning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan bo’lib, bundan talaba (yoki o’quvchi)larning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab, ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan, natijaga ershish uchun balki, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film (yoki tarqatma material, chizma va plakat, axborot texnologiyasi, turli adabiyotlar) kerak bo’ladi. Bularning hammasi o’qituvchi va talaba (yoki o’quvchi)larga bog’liq..
Shu bilan birga o’quv jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, Bu jarayonda o’qituvchi o’quv predmetining o’ziga xos tomonini, joy va sharoitni, eng asosiysi, talaba (yoki o’quvchi)larning imkoniyati va ehtiyojini va hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishini hisobga olishi kerak. Shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqacha aytganda, talaba (yoki o’quvchi)ni ta`limning markaziga olib chiqish kerak.
O`qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko’ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo’lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda o’qituvchi uchun bo’lajak darsning texnologik xaritasini tuzib olishi katta ahamiyatga egadir, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o’qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, talaba (yoki o’quvchi)larning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi.
Texnologik xaritani tuzish oson ish emas, chunki buning uchun o’qituvchi pedagogika, psixologiya, xususiy metodika, pedagogik va axborot texnologiyalaridan xabardor bo’lishi, shuningdek, juda ko’p uslub va usullarni bilishi kerak. Har bir darsning rang-barang, qiziqarli bo’lishi avvaldan puxta o’ylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bog’liq.. Darsning texnologik xaritasini qay ko’rinish (yoki shakl)da tuzish, bu o’qituvchining tajribasi, qo’ygan maqsadi va ixtiyoriga bog’liq.. Texnologik xarita qanday tuzilgan bo’lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo’lishi hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini tashkil etishning texnologiyasi to’liq o’z ifodasini topgan bo’lishi kerak. Texnologik xaritaning tuzilishi o’qituvchini darsni kengaytirilgan konspektini yozishdan xolos etadi, chunki bunday xaritada dars jarayonining hamda o’qituvchi va talaba (yoki o’quvchi) faoliyatining barcha qirralari o’z aksini topadi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin