Informatika va at fanini o’qitishda zamonaviy texnik vositalardan foydalanish



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə8/19
tarix21.12.2022
ölçüsü1,45 Mb.
#76955
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Informatika va at faninih

Lazer texnologiyasi
Tizim ikkita infraqizil lazer burchak o‘lchagichdan iborat bo‘lib, ular, odatda, doskaning yuqori burchaklarida joylashtiriladi. Burchak o‘lchagich ishlashi anchagina sodda: doimiy burchak tezlikda aylanadigan oyna IQ nurni shunday yo‘naltiradiki, u radar antennasi misoli doskaning butun yuzasini bir nuqtadan turib skanerlaydi. Lazer interfaol doskada barmoq yoki oddiy marker bilan ishlab bo‘lmaydi - pozitsiyalashdagi xatolarni kamaytirish uchun doska yuzasiga perpendikulyar holatda tutish maqsadga muvofiq bo‘lgan maxsus marker kerak.
Ultratovush/infraqizil texnologiya
eBeam nomi bilan patentlangan tizim yorug‘lik va tovush to‘lqinlarini tarqalishidagi farqlardan foydalanadi. Elektron marker bir paytning o‘zida ham infraqizil nur, ham ultratovush taratadi. Doska burchaklarida joylashtirilgan IQ-datchik va ultratovush mikrofonlar signallarni qabul qiladi, shundan keyin o‘rnatilgan elektron tizim uoarning kelib tushish vaqtidagi tafovutga qarab, marker koordinatalarini hisoblaydi. Elektron marker, xuddi elektron lastik (o‘chirg‘ich) kabi batareyadan ishlaydi. Ultatovush/infraqizil texnologiyaning asosiy kamchiligi elektrmagnit va lazer texnologiyalaridagi kabi maxsus elektron markerdan foydalanishning talab qilinishidadir.
StarBoard interaktiv doska – bu kompyuterdagi tasvirlarni proektor orqali namoyish etadigan sensorli ekrandir. Maxsus dasturiy ta’minot matn, rasm, video va audio ma’lumotlar va ob’ektlar, hamda Internet-resurslar bilan ishlash va ular ustiga yozuv va izohlar tushirish imkonini beradi.
Interaktiv doska nafaqat taqdimot ko‘rinishidagi ma’lumotlarni, balki barcha turdagi ma’lumotlarni berish bilan birga odatiy matn yozish (konspekt qilish)ni bartaraf etib, vaqtdan unumli foydalanish imkoniyatini beradi. Tinglovchilar dars yakunida dars jarayonida keltirilgan barcha ma’lumotlar va yozuvlarni fayl ko‘rinishida yozib olish va undan keyinchalik ham foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Interaktiv doskalar ma’lumot olish samaradorligini oshiradi.
Interaktiv doskani keng tadbiq etish borasida hal etilishi zarur bo‘lgan muammolardan biri professor-o‘qituvchilarni bu qurilma bilan samarali ishlashga o‘rgatishdir. O‘quv materiallarining elektron variantlarini tayyorlash uchun professor-o‘qituvchilardan axborot fazolarini loyihalash tajribasiga ega bo‘lish va axborotlarni samarali strukturalarini yaratishda interfeyslardan foydalana bilish tajribasiga ega bo‘lish talab qilinadi.
Quyida foydalanuvchi uchun boshlang‘ich amallarni bajarish usullari keltirilgan. Keltirilgan amallarni o‘qish bilan birga bajarish tavsiya etiladi.




Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin