1. Infratuzilmaning mohiyati, ahamiyati va turkumlanishi.
Infratuzilma so’zi lotincha “infrastructure” so’zidan olingan bo’lib,
“infra” - quyi, asos va “structure” - tuzilish, joylashish kabi ma’nolarni
anglatadi. Jahon tajribasida infratuzilma tushunchasi XX asr boshlarida birinchi
bor “zarur yordamchi obyektlar va inshootlar majmuasi”
sifatida muomalaga
kiritilgan bo’lsa, 1940-yillarga kelib g’arb davlatlarida infratuzilma “ishlab
chiqarish sohalarining faoliyatiga zaruriy shartsharoitlar yaratuvchi subyektlarning
yaxlit bir tarkibi” sifatida qo’llanila boshlandi.
Infratuzilma subyektlari har qanday iqtisodiy tizimning asosiy tarkibi
hisoblanib, ko’rsatayotgan turli yo’nalishdagi xizmatlari bilan barcha tarmoq va
sohalarning iqtisodiy barqaror rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Infratuzilma subyektlari ishlab chiqarish, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni
to’la
qamrab olib, tashkiliy-iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, axborot, ekologik,
boshqaruv va boshqa turdagi xizmatlar ko’rsatish faoliyatini o’z ichiga oladi, eng
asosiysi ishlab chiqarish jarayoniga bevosita ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Infratuzilma tizimi mamlakatimiz iqtisodiyoti tayanadigan poydevordir.
Iqtisodiyot tarmoqlari ishining uyg’unligi, ularning samaradorligi,
shuningdek,
chet el sarmoyalarini jalb qilish va o’zlashtirish imkoniyati infratuzilma tizimi
rivojining holati va darajasiga bog’liqdir.
Infratuzilma
sohalari
mustaqil
ravishda
pirovard
mahsulot
ishlab
chiqarmasada, ishlab chiqrish jarayoniga xizmat ko’rsatish orqali yakuniy
natijalarga ta’sir ko’rsatadi.
Infaruzilma sohalarini ma’lum belgilari bo’yicha guruhlash muhim
ahamiyatga ega. Infratuzilma sohalarini guruhlash quyidagi imkoniyatlarni
yaratadi:
•
infratuzilma
alohida
elementlari
va
sohalarining
ijtimoiy
ishlab
chiqarishdagi o’rnini aniqlash;
•
tarmoqlararo aloqalarni o’rganish va shu asosida asosiy ishlab chiqarish va
unga xizmat ko’rsatuvchi sohalar o’rtasida optimal mutanosiblikni o’rnatish;
•
tarmoqlarning boshqaruv jarayonini takomillashtirish
va shu orqali yuqori
samaradorlik darajasiga erishish.
Qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining hajmi tarmoqning ishlab chiqarish
fondlari, mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi bilan birga xizmat
qiluvchi sohalarning rivojlanganlik darajasiga ham bevosita bog’liq. Infratuzilma
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirish va samaradorligini
oshirishning muhim omili hisoblanadi.
Xomashyo, material va tayyor
mahsulotning o’z vaqtida olib kelinishi xo’jalik aylanmasida bo’lgan resurs
hajmini belgilaydi. Elektrlashtirish, kimyolashtirish,
melioratsiya va ishlab
chiqarishning boshqa asosiy omillari tez sur’atda o’sishiga nafaqat qishloq
xo’jaligi uchun ishlab chiqarish mablag’larining miqdoran o’sishi hisobiga, balki
mablag’ resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlaydigan xizmat tizimi tashkil
etilishi hisobiga ham erishiladi. Bozor munosabatlari rivojlangan shart-sharoitda
infratuzilmaning tarmoq va ishlab chiqarish vazifalari ham o’zgaradi.
Qishloq xo’jaligi infratuzilmasining asosiy maqsadi
tarmoq korxonalarining
ishlab chiqarish faoliyatiga shart-sharoit yaratish va qishloq aholisining turmush
farovonligini yaxshilashga xizmat qilishdir. Infratuzilmaga kiradigan sohalar ishlab
chiqarish jarayoniga bir xilda ta’sir ko’rsatmaydi va ishlab chiqarish jarayonida
o’ziga xos o’rin egallaydi. Shu tufayli infratuzilma tarmoqlarini asosiy
ko’rsatkichlari bo’yicha turkumlash muhim ahamiyatga ega. Infratuzilma
turkumlanishi alohida elementlari bilan birga butun sohaning jamiyat ishlab
chiqarish tizimidagi o’rinlarini belgilashga yordam beradi. U tarmoqlararo
aloqalarni o’rganishga va asosiy ishlab chiqarish bilan xizmat ko’rsatish tarmoqlari
orasida optimal muvozanatni belgilashda ko’maklashadi.
Qishloq xo’jaligi infratuzilmasining turkumlanishi 1-rasmda keltirilgan.