Infratuzilmani rivojlantirishing


Qishloq xo’jaligida bozor infratuzilmasi



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix20.09.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#145597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
QISHLOQ XO’JALIGIDA IJTIMOIY INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISHING ZARURIYATI VA AHAMIYATI

 
Qishloq xo’jaligida bozor infratuzilmasi. 
Bozor infratuzilmasi mamlakatda 
bozor munosabatlarini barpo etish va rivojlantirishga xizmat ko’rsatuvchi sohalar 
majmui bo’lib, bozor xizmati tarmoqlarini shakllantirish va rivojlantirish 


maqsadida tijorat banklari tarmog’i, zamonaviy moliya va soliq tizimi, audit, 
sug’urta, birjalar faoliyati, kredit uyushmalari, konsalting firmalari, bojxona tizimi 
va boshqa shu kabilarni o’z ichiga oladi.
Qishloq xo’jaligida bozor infratuzilmasi subyektlari tarkibiga kiradigan 
tashkilotlar o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni samarali yo’lga qo’yish asosida 
iqtisodiyotda bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirish mumkin. Ushbu 
tadbir bozor infratuzilmasi subyektlarini qishloq hududlari bo’yicha joylashtirish 
bilan bir qatorda ular tomonidan yangi ish o’rinlarining yaratilishiga ham asos 
bo’ladi.
4-rasm. Qishloq xo’jaligida bozor infratuzilmasi subyektlari. 
 
Bozor infratuzilmasi subyektlari tarkibiga quyidagi tashkilot, idora va 
muassasalar kiradi: monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat 
qo’mitasi; iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo’mitasi; birjalar va ularning 
tarkibida ish yuritadigan brokerlar, maklerlar va agentlar xizmatlari; savdo-tijorat 
markazlari, savdo uylari, savdo-sanoat palatalari, tashqi savdo firma va 
birlashmalari; ulgurji, chakana savdo va boshqa turdagi barcha savdo tashkilotlari; 
kim oshdi savdosi o’tkazuvchi idora va yarmarka; markaziy va tijorat banklari; 


lizing va injiniring bo’yicha muassasa va tashkilotlar; marketing maslahati va 
menejment markazlari; mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash 
muassasalari, markazlar; mehnat bandligi bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar; tijorat 
va ilmiy-texnika axborotlari markazlari; reklama byurolari; sug’urta xizmatini 
ko’rsatuvchi muassasalari; soliq tizimi idoralari va inspeksiyalari; bojxona tizimi 
idoralari; auditorlik xizmati firmalari; konsalting xizmati muassasalari; kasaba 
uyushma tashkilotlari; loyihalash institut va tashkilotlari; vositachilik xizmati 
muassasalari; notarial idoralari; advokatura idorasi; tadbirkorlik uyushmasi; 
investitsiya jamg’arma kompaniyalari; lombardlar; agrofirma; kredit uyushmalari; 
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari va shunga o’xshash barcha 
xo’jalik yuritish subyektlari va jismoniy shaxslar o’rtasida sodir bo’ladigan bozor 
munosabatlarini tashkil etuvchi va muvofiqlashtiruvchi muassasalar hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligida bozor infratuzilmasining ham o’rni beqiyosdir. Qishloq 
xo’jaligida bozor infratuzilmasining bir subyekti bo’lgan lizing kompaniyalari 
tarmoqni yuqori samarali zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlashda muhim 
ahamiyatga ega. Qishloq xo’jaligiga yetkazib berilayotgan traktorlar va o’rim-
yig’im texnikasi sonini oshirish hamda ular uchun hisob-kitob qilish mexanizmini 
takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-noyabrdagi 
“Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo’jaligi texnikasi bilan ta’minlash chora-
tadbirlari to’g’risida”gi 424-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatga asosan 
“O’zqishloqxo’jalikmashlizing” kompaniyasi tashkil etildi va uning tuzilmasi 
tasdiqlandi. Bundan tashqari “O’zqishloqxo’jalikmashxolding” kompaniyasi 
zavodlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan qishloq xo’jaligi mashinalarini 
(birinchi navbatda traktorlar va o’rim-yig’im texnikasini) mashina-traktor 
parklariga va fermer xo’jaliklariga lizingga berishning tashkiliy, iqtisodiy hamda 
texnikaviy mexanizmlari belgilab qo’yildi. Hozirgi vaqtda hukumatimiz tomonidan 
qishloq xo’jaligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda lizing 
imkoniyatlaridan keng foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.



Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin