QISHLOQ XO’JALIGIDA IJTIMOIY INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISHING ZARURIYATI VA AHAMIYATI
Qisqacha xulosalar Infratuzilma – xizmat ko’rsatuvchi sohalar majmuidir. Infratuzilma jamiyat
ishlab chiqarish kuchlarining bo’linmas qismi bo’lib, ishlab chiqarish jarayonining
bir maromda kechishini ta’minlab beradi. Bundan tashqari, infratuzilmaning ayrim
turlari aholining turmush farovonligini oshirish, ishchilarga munosib mehnat
sharoiti yaratib berishda muhim ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish infratuzilmasi
ishlab chiqarish jarayonining tashkil etilishiga xizmat qiladi. Ijtimoiy
infratuzilmaning asosiy vazifasi qishloq aholisining madaniy-maishiy sharoitlarini
yaxshilash hisoblanadi. Ijtimoiy infratuzilma obyektlarini tashkil etish va ularning
maqsadga muvofiq ishlab turishi ular joylashgan qishloq xo’jaligi korxonasining
iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga bog’liq. Bozor infratuzilmasi esa jamiyatda
bozor munosabatlarini barpo etish va uni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Mamlakatimizda infratuzilma sohalarini rivojlantirishga juda katta e’tibor
berilmoqda. Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llabquvvatlash, ularning
barqaror faoliyatini ta’minlashga va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan bir
qator me’yoriy hujjatlarda qishloq xo’jaligida infratuzilma sohalarini rivojlantirish
yo’nalishlari belgilab berilgan hamda bu borada ko’plab ishlar amalga
oshirilmoqda.
Nazorat va muhokama uchun savollar: 1.
Infratuzilmaning mohiyati nimadan iborat?
2.
Qishloq xo’jaligida infratuzilma qanday ahamiyatga ega?
3.
Qishloq xo’jaligida infratuzilma qanday xususiyatlariga ko’ra turkumlanadi?
4.
Qishloq xo’jaligida infratuzilma qanday turlarga bo’linadi?
5.
Ishlab chiqarish infratuzilmasining vazifalari nimalardan iborat?
6.
Ijtimoiy infratuzilmaning vazifalari nimalardan iborat?
7.
Qishloq xo’jaligida bozor infratuzilmasining mohiyati va vazifalari nimalardan
iborat?
8.
Mamlakatimizda qishloq xo’jaligi infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha
qanday tadbirlar amalga oshirilmoqda?