Qishloq xo’jaligi ijtimoiy infratuzilmasi.
Qishloq xo’jaligi korxonalarining
samarali faoliyati ishchi-xodimlarga zarur shartsharoitlar yaratishni talab etadi.
Ijtimoiy infratuzilma sohalari bu vazifani bajarishga yo’naltirilgan bo’ladi.
Maqsadli yo’nalishi, shakllanish manbai, hududiy joylashuvi va ishlab
chiqarish jarayonida qatnashishiga ko’ra ijtimoiy infratuzilma sohalarini ikki
guruhga ajratish mumkin: korxonada faoliyat yurituvchi bo’limlar va sohalar
hamda aholiga xizmat ko’rsatuvchi tashkilot va muassasalar.
Birinchi guruhga korxonalar hisobidan barpo etilgan, xo’jalik bo’limlarida
joylashgan hamda mehnat sharoitlari, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish
jarayonida ishchilarning hordiq olishi hamda boshqa shart-sharoitlarini
yaxshilashga qaratilgan obyektlar tegishlidir. Bu guruh tarkibiga korxonadagi
umumiy ovqatlanish punktlari (bufetlar, oshxonalar, tamaddixonalar), sog’liqni
saqlash va hordiq obyektlari (profilaktoriylar, dam olish xonalari, yuvinish
xonalari va boshqalar), yong’in xavfsizligi punktlari kiradi.
Ikkinchi guruhga esa qishloq xo’jaligi korxonalarining aholi punktlarida
joylashgan, aholining talablarini qondirish uchun mo’ljallangan va asosan davlat
resurslari, agrosanoat uyushmalari, agrofirmalar mablag’lari hisobidan va xususiy
tadbirkorlar tomonidan tashkil etiladigan ijtimoiy infratuzilma obyektlari kiradi.
Ular jumlasiga kommunal xo’jaligi korxonalari, sog’liqni saqlash, sport, ta’lim va
maktabgacha tarbiya muassasalari, madaniyat uylari va klublar, savdo korxonalari
hamda maishiy xizmat korxonalari taalluqlidir. Maishiy xizmat turlariga
quyidagilar kiradi: poyabzal ta’mirlash, kiyim-kechak tikish, to’qish va ta’mirlash,
teleradio, video, audio apparatlari va ro’zg’or jihozlarini ta’mirlash, metall
buyumlarini tayyorlash va ta’mirlash, avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish,
mebel yasash va ta’mirlash, kiyimlarni kimyoviy tozalash va bo’yash, uy-joylarni
ta’mirlash va qurish, suratxona, hammom, sartarosh va kosmetolog xizmati,
buyumlarni ijaraga berish xizmati va boshqa shu kabilar. Ijtimoiy infratuzilmaning
ushbu sohalari mehnat sohasi va ijtimoiy ahvolidan qat’i nazar qishloq joylaridagi
aholining hammasiga xizmat ko’rsatishga yo’naltirilgan bo’ladi va mehnat
resurslarini qayta tiklashga xizmat ko’rsatadi.

|