Ingliz tili leksikasi


Shuning uchun zamonaviy texnologiyalarda pedagogik jarayon shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim



Yüklə 72,03 Kb.
səhifə18/30
tarix05.10.2022
ölçüsü72,03 Kb.
#64599
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
ilgor pedagogik texnalogiyalarni va talim vositalarini ingliz tili darslariga tadbiq etish (1)

Shuning uchun zamonaviy texnologiyalarda pedagogik jarayon shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim.


Shaxsga yo’naltirilgan o’qitish texnologiyalarning mohiyati vaprinsiplari

O’qitishning shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalariga quyidagi asosiy prinsiplar xos bo’ladi:



  • insonparvarlik, ya’ni insonga har tomonlama hurmat va muhabbat ko’rsatish, unga yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishonch bilan qarash, zo’ravonlikdan to’la voz kechish;

  • hamkorlik, ya’ni pedagog va tinglovchilar munosabatidagi demokratizm, tenglik, sheriklik;

  • erkin tarbiyalash, ya’ni shaxsga uning hayot faoliyatini keng yoki tor doirasida tanlab olish erkinligi va mustaqillikni berish, natijalarni tashqi ta’sirdan emas, ichki hissiyotlardan keltirib chiqarish.

  • Shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalarning kommunikativ asosi - pedagogik jarayonda tinglovchiga insoniy-shaxsiy yondashuv hisoblanadi.

Shaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat bo’ladi:



  • pedagogik jarayonda shaxs ob’ekt emas, sub’ekt hisoblanadi;

  • har bir tinglovchi qobiliyat egasi, ko’pchiligi esa iste’dod egasi hisoblanadi;

  • yuqoriyetuk qadriyatlar (saxiylik, muhabbat, mehnatsevarlik, vijdon va boshqalar) shaxsning ustuvor xislatlari hisoblanadi.

Munosabatlarni demokratlashtirish quyidagilarni o’z ichiga oladi:



  • tinglovchi va pedagog huquqlarini tenglashtirish,

  • tinglovchining erkin tanlab olish huquqi;

  • xatoga yo’l qo’yish huquqi;

  • o’z nuqtai nazariga ega bo’lish huquqi

  • pedagog va tahsil oluvchi munosabatiningasosi: ta’qiqlamaslik; boshqarish emas, birgalikda boshqarish; majburlash emas, ishontirish; buyurish emas, tashkil etish; chegaralash emas, erkin tanlab olishga imkon berish.

Yangimunosabatlarningasosiymazmuni, hozirgizamonsharoitidasamaralinatijabermaydiganvag`ayri insoniyhisoblanadiganmajburlash pedagogikasidanvozkechishdir. Umuman olganda tarbiya jarayonida majburlashdan voz kechish mumkin emas, ammo jazolash insonni kamsitadi, ezadi, rivojlanishini susaytiradi, unda so’zsiz itoatkorlik xususiyatlarini shakllantiradi.
Erkin o’qitish quyidagilar bilan belgilanadi:



  • ishonchga asoslangan erkin talabchanlik;

  • o’quv materialiga qiziqish uyg`otish, bilishga va faol ijodiy fikrlashga rag`batlantirish;

  • tinglovchilarning mustaqilligi va tashabbusiga tayanish;

  • jamoa orqali bilvosita usullar bilan talablarni amalga oshirishni ta’minlash.

Yangi individual yondashuvning mohiyati shundaki, u ta’lim tizimida o’quv fanidan tinglovchiga emas, tinglovchidan o’quv fani tomonga harakatlanishni taqozo etadi, tinglovchilarning mavjud imkoniyatlarini inobatga olib, ularni rivojlantirish, takomillashtirish va boyitishga qaratilgan bo’ladi.
Individual yondashuvning zamonaviy yangi talqini quyidagilardan iborat:



  • o’rtacha tinglovchiga yo’naltirishdan voz kechish;

  • shaxsning yaxshi xislatlarini izlash;

  • shaxs rivojlanishining individual dasturlarini tuzish.

Shaxsiy yondashishda birinchi navbatda quyidagilar zarur bo’ladi:



  • har bir tinglovchi qiyofasida noyob shaxsni ko’rish, uni hurmat qilish, tushunish, qabul qilish, unga ishonish. Pedagogda barcha tinglovchilar iste’dodli degan ishonch bo’lishi kerak.

  • shaxsga yutuqni ma’qullovchi, qo’llab - quvvatlovchi, xayrixoh vaziyatlar yaratish, ya’ni o’qish qoniqish va xursandchilikni olib kelishi kerak;

  • bevosita majburlashga yo’l qo’ymaslik, qoloqlikka va boshqa kamchiliklarga urg`u bermaslik, uning nafsoniyatiga tegmaslik;

  • pedagogik jarayonda, tinglovchilarga o’zqobiliyatlarini ro’yobga chiqarishga imkoniyat yaratish va ko’maklashish.

Oliy, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimi uchun o’qitishning shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
ishbilarmonlik o’yinlari; muammoli o’qitish; tabaqalashtirilgan o’qitish; dasturlashtirilgan o’qitish; kompyuterlashtirilgan o’qitish; modulli o’qitish.
Shaxsga yo’naltirilgan o’qitish texnologiyalari ilmiy-texnikaviy taraqqiyot jadallashtirilgan davrda rivojlangan davlatlarda shakllantirilganligini inobatga olgan holda ular chuqur ildizlarga ega ekanligini ta’kidlash to’g`ri bo’lar edi. Shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalar insonning aqliy qobiliyatlarini ochishiga xizmat qiladi.

    1. Yüklə 72,03 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin