Mavzuning o`rganilganlik darajasi.Hozirda pedagog-olimlardan U. Nishonaliev, N.S. Saidaxmedov, N.N. Azizxodjaeva, Ziyamuxammedov, U. Tolipov,
B.L. Farberman va boshqalar Respublikada pedagogik texnologiyalar muammolari bo’yicha jiddiy tadqiqotlar olib bormoqdalar, biz ham ularning ilmiy ishlari bilan yaqindan tanishdik va mavzuga doir adabiyotlarni o`rgandik.
A.Karimovning "Barkamol avlod - kelajak poydevori" nomli asarida hozirgi paytda xorijiy tillarni o’rganish va o’rgatishga katta ahamiyat berishni aytib o’tgan: "Bugun jahon hamjamiyatidan o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o’z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo’qdir1", - degan edi.
Mаvzuning dоlzаrbligi.Ingliz tilini o’rganish hozirgi davr talabi ekan, o’sib kelayotgan yosh avlodga til o’rganishning yangi uslublarini, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga asoslangan holda ishlab chiqib, o’qish jarayoniga tavsiya etish olimlar, mutaxassislar oldida turgan dolzarb masalalardan hisoblanadi. Iste’dodli yoshlarimizning o’z qiziqqan sohalarida yetuk mutaxassislar bo’lishlari uchun, avvalambor chet tilini jumladan, ingliz tilini mukammal bilishlari zarur. Bunda esa darslarni zamonaviy ped texnalogiyalar asosida tashkil etish va ko`plab Interfaol usullardan foydalanish davr talabidir.
Bitiruv malakaviy ishimizning maqsadiingliz tili dаrslаridа o’quvchilаrning bilish fаоlligini оshirish оrqаli ulаrning erkin nutqini tа’minlаsh vа bu vаzifаni muvаffаqiyatli bаjаrish usullаrini ishlаb chiqish, hаmdа ulаrni аmаldа qo’llаy оlish bo’yichа mеtоdik tаvsiyalаr bеrish; bugungi kunda qo’llanilayotgan zamonaviy usullar, uslublar va o’qitish vositalari haqida ma’lumot berish оrqаli ulаrning erkin nutqini tа’minlаsh vа bu vаzifаni muvаffаqiyatli bаjаrish usullаrini ishlаb chiqish hаmdа ulаrni аmаldа qo’llаy оlish bo’yichа mеtоdik tаvsiyalаr bеrishdan iborat.