Ingliz tili leksikasi


Avtoritar va shaxsga yo’naltirilgan o’qitish texnologiyalarining mohiyati



Yüklə 72,03 Kb.
səhifə17/30
tarix05.10.2022
ölçüsü72,03 Kb.
#64599
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
ilgor pedagogik texnalogiyalarni va talim vositalarini ingliz tili darslariga tadbiq etish (1)

Avtoritar va shaxsga yo’naltirilgan o’qitish texnologiyalarining mohiyati


O’qitish jarayonida, pedagog texnologiyalar talablari asosida ifoda etilgan o’quv maqsadlariga erishiladi. Ilmiy-texnika taraqqiyot jadallashgan davrda o’qitish samaradorligi, asosan, tinglovchining o’qitish jarayonidagi o’rni, pedagogning unga bo’lgan munosabatiga bog`liq bo’ladi. Bu yerda o’qitish texnologiyasining ikki turini ajratib ko’rsatish mumkin: avtoritar va shaxsga yo’naltirilgan.


Avtoritar texnologiyada, pedagog yagona sub’ekt sifatida namoyon bo’ladi, talablar esa faqatgina «ob’ekt» vazifasini bajaradi, xolos. Bunda tahsil oluvchining


tashabbusi va mustaqilligi yo’qoladi, o’qitish majburiy yo’sinda amalga oshiriladi. Odatdagi an’anaviy o’qitish, avtoritar texnologiyaga taalluqlidir. Bunda, avvalo A.Komenskiy tomonidan ifoda etilgan, didaktika prinstiplariga asoslangan o’qitishning guruh-dars tizimida tashkil etish nazarda tutiladi. Hanuzgacha dunyoda eng ko’p tarqalgan o’qitishning guruh-dars tizimi, quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
- yoshi va tayyorgarlik darajasi taxminan bir xil bo’lgan talablar asosida guruhni (guruhni) tashkil etadi;
- guruh (guruh, oqim) yagona o’quv reja, yagona o’quv dasturlar va yagona mashg`ulotlar jadvali bilan shug`ullanadi;

  • mashg`ulotlarning asosiy birligi dars bo’lib, u bitta fanga, bitta mavzuga bag`ishlanadi va ma’ruzachi tomonidan boshqariladi;

  • o’quv kitoblari asosan uy ishlari uchun qo’llaniladi.

An’anaviy o’qitish asosan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishga qaratilgan bo’lib, shaxsning rivojlanishini ko’zda tutmaydi.


An’anaviy o’qitish asosini, Ya.A. Komenskiy tomonidan tuzilgan pedagogika prinsiplari tashkil etadi:

    • ilmiylik;




    • tabiatga monandlik(o’qitish rivojlanish bilan belgilanadi, ammo shakllanmaydi);

    • uzviylik va tizimlik;




    • o’zlashtiruvchanlik (ma’lumdan noma’lumga, soddadan murakkabga)




    • mustahkamlik (takrorlash, takrorlash )




    • onglilik va faoliyat (qo’yilgan maqsadni bilgan va buyruqlarni bajarishga faol bo’lgan)

    • nazariyaning amaliyot bilan bog`liqligi;

    • yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish;

An’anaviy o’qitish quyidagi xususiyatlarga ega: zo’ravonlik pedagogikasi, o’qitishning tushuntiruv ko’rgazmali usuli, ommaviy o’qitish. An’anaviy o’qitishda avtoritarlik quyidagi shaklda namoyon bo’ladi: tahsil oluvchi bu hali to’la shakllanmagan shaxs, u faqat bajarishi zarur, pedagog esa –bu sardor, hakam, yagona tashabbuskor shaxs.



Yüklə 72,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin