Tushunish darajasidagi tafakkurga ega bo’lganda esa, o’quvchi faktlar,qoidalar, sxema, jadvallarni tushunadi.Mavjud ma’lumotlar asosida kelgusioqibatlarni taxminiy tafsiflay oladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiqfe’llar namunalari: asoslash, almashtirish, yaqqollashtirish, belgilash,tushuntirish, tarjima qilish, qayta tuzish, yoritib berish, sharhlash,oydinlashtirishni talab etadi.
Qo’llash darajasidagi tafakkurda o’quvchi olgan bilimlaridan faqatan’anaviy emas, noa’nanaviy holatlarda ham foydalana oladi va ularni to’g`riqo’llaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: joriy qilish,hisoblab chiqish, namoyish qilish, foydalanish, o’rgatish, aniqlash, amalgaoshirish, hisob-kitob qilish, tatbiq qilish, hal etishni namoyon qiladi.
Tahlil darajasidagi tafakkurda o’quvchi yaxlitning qismlarini va ularo’rtasidagi o’zaro bog`liqliklarni ajrata oladi, fikrlash mantiqidagi xatolarniko’radi, faktlar va oqibatlar orasidagi farqlarni ajratadi, ma’lumotlarningahamiyatini baholaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari:keltirib chiqarish, ajratish, tabaqalashtirish, tasniflash, taxmin qilish,bashorat qilish, yoyish, taqsimlash, tekshirish, guruhlashdir.
Umumlashtirishdarajasidagi tafakkurda o’quvchi ijodiy ish bajaradi,biror tajriba o’tkazish rejasini tuzadi, birnechta sohalardagi bilimlardan foydalanadi.Ma’lumotni yangilik yaratish uchun ijodiy qayta ishlaydi. Butafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: yangilik yaratish,umumlashtirish, birlashtirish, rejalashtirish, ishlab chiqish, tizimlashtirish,kombinastiyalashtirish, yaratish, tuzish, loyihalashdan iboratdir.
Baholash darajasidagi tafakkurda o’quvchi mezonlarni ajrata oladi, ulargarioya qila oladi, mezonlarning xilma-xilligini ko’radi, xulosalarning mavjudma’lumotlarga mosligini baholaydi, faktlar va baholovchi fikrlar orasidagifarqlarni ajratadi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari:tashxislash, isbotlash, o’lchash, nazorat qilish, asoslash, ma’qullash, baholash,tekshirish, solishtirish, qiyoslash.