O’quv rejadagi fanlarni o’qitishda qaysi mavzular bo’yicha interfaoldarslar tashkil qilish maqsadga muvofiqligini hisobga olish zarur. Bunda birmavzu bo’yicha mashg`ulotning maqsadiga to’liq erishishni ta’minlaydiganinterfaol yoki an’anaviy mashg`ulot turlaridan foydalanish ko’zda tutiladi.
Interfaol mashg`ulotning samarali bo’lishi uchun o’quvchilar yangimashg`ulotdan oldin uning mavzusi bo’yicha asosiy tushunchalarni va dastlabkima’lumotlarni bilishlarinita’minlash zarur.
Interfaol mashg`ulotda o’quvchilarning mustaqil ishlashlari uchunan’anaviy mashg`ulotga nisbatan ko’p vaqt sarflanishini hisobga olish zarur.
Interfaol ta’lim usuli – har bir o’qituvchi tomonidan mavjud vositalarva o’z imkoniyatlari darajasida amalga oshiriladi.
Interfaol mashg`ulotlarni amalda qo’llash bo’yicha ayrim tajribalarnio’rganish asosida bu mashg`ulotlarning sifat va samaradorligini oshirishga ta’siretuvchi omillarni ko’rsatishimiz mumkin. Ularni shartli ravishda tashkiliy-pedagogik, ilmiy–metodik hamda o’qituvchiga, o’quvchilarga, ta’lim vositalarigabog`liq omillar deb atash mumkin.Ular o’z mohiyatiga ko’ra ijobiy yoki salbiyta’sir ko’rsatishini nazarda tutishimiz lozim.
Tashkiliy-pedagogik omillarga quyidagilar kiradi:
1.O’qituvchilardan interfaol mashg`ulotlar olib boruvchi trenerlar guruhinitayyorlash; 2.O’qituvchilarga interfaol usullarni o’rgatishni tashkil qilish;
O’quv xonasida interfaol mashg`ulot uchun zarur sharoitlarni yaratish;
Ma’ruzachining hamda ishtirokchilarning ish joyi qulay bo’lishinita’minlash; 5.Sanitariya-gigiyena me’yorlari buzilishining oldini olish;
6.Xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni ta’minlash; 7.Davomatni va intizomni saqlash;
8.Nazorat olib borishni tashkil qilish va boshqalar.