O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI ОLIY VА O‘RТА МАХSUS ТА'LIМ VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
“Ingliz tili va adabiyoti" kafedrasi
Filologiya fakulteti 5111400 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
bakalavriat ta'lim yo'nalishi 123-21 guruh talabasi
Xamidova Ruhshona Alimjonovna qizi
(Talaba F.I.Sh.)
O‘QUV AMALIYOTI HUJJATLARI
Аmaliyot o‘tash joyi: Sirdaryo viloyati Guliston Shahar 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Аmaliyot rahbari: Narbo‘tayeva Zarnigor
Guliston – 2023
Guliston davlat universiteti Filologiya
fakulteti “Xorijiy tillar va adabiyoti ” yo‘nalishi
123-21-guruh talabasi Xamidova Ruhshonaga
TAVSIFNOMA
Xamidova Ruhshona Sirdaryo viloyati Guliston Shahar 10-sonli umumta’lim maktabida 2023-yil 6-fevraldan 2023-yil 20-maygacha o‘quv amaliyotini o‘tadi. O‘quv amaliyoti jarayonida Xamidova Ruhshona na’munali talabalardan biri bo‘lib, o‘zining na’munali xulqi va mustaqil dunyoqarashi bilan boshqa talabalardan ajralib turdi, shuningdek, o‘zining turli g‘oyalari bilan tashabbuskorlik ko‘rsatdi.
Xamidova Ruhshona amaliyot jarayonida biriktirilgan rahbar bilan birgalikda faol ishladi, o‘zining kasbga bo‘lgan qiziqishi va jonkuyarligini namoyish qildi.
Men Xamidova Ruhshona kelajakda ham o‘z ustida ishlab, izlanib, ilg‘or pedagog xodim bo‘lib yetishiga ishonaman.
8-umumta’lim maktabi
Ingliz tili o‘qituvchisi:
Guliston Davlat Universiteti Filologiya fakulteti “Xorijiy tillar va adabiyoti ” yo‘nalishi 123-21-guruh talabasi Xamidova Ruhshonaning
Sirdaryo viloyati Guliston Shahar 10-sonli umumta’lim maktabida o‘tagan 4 oylik amaliyot uchun tayyorlagan
HISOBOTI
Men Guliston Davlat Universiteti Filologiya fakulteti 123-21–guruh talabasi Xamidova Ruhshona 2023 - yil 6-fevraldan 2023-yil 20-maygacha Guliston Shahar 10–sonli umumta’lim maktabida 4 oylik o‘quv amaliyot o‘tadim. Amaliyot davomida men maktab o‘qituvchilari tomonidan kerakli hujjatlar bilan tanishtirildim. Jumladan : dars ishlanmasi, tahlil daftar, sinf jurnali, konspekt, tarbiyaviy dars ishlanmasi va boshqalar.
4 oylik amaliyot davomida men o‘qituvchilar tomonidan berilgan bilimlarga tayangan holda amaliyot yakunida savollarga javob berdim. Ilmiy va amaliy ma’lumotlar to‘plashga muvaffaq bo‘ldim.
Amaliyot rahbarim Narbo‘tayeva Zarnigor va 10-umumta’lim maktabi ingliz tili o‘qituvchisi Jo‘rayeva Sevinch bilan 4 oy davomida ertalab 8:30 – 17:00 gacha amaliy mashg‘ulotlarni o‘tadim. Bu vaqtda kundalik daftarga amaliyot davomida o‘tkazgan har bir kunda o‘rgangan bilimlarni qayd etib bordim. Bundan tashqari tarbiyachi ish rejasi va ta’limiy-tarbiyaviy ruhdagi tadbirlar ishlanmasini tuzib chiqdim. Ta’kidlash lozimki, amaliyot jarayonida ko‘pchilik talabalarimiz na’munali xulqi va ijodiy mahorati bilan maktab o‘qituvchilari nazariga tushdi.
123-21-guruh talabasi: Xamidova Ruhshona
Dostları ilə paylaş: |