Innovative Development in Educational Activities ISSN: 2181-3523 VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2023
Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.938 http://sjifactor.com/passport.php?id=22323
https://t.me/openidea_uz
Multidisciplinary Scientific Journal April, 2023
153
MATNLAR USTIDA ISHLASH ORQALI TINGLAB TUSHUNISH NUTQIY
MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH
Xo‘jamberdieva Fotima Ne’matovna
Andijon davlat pedagogika instituti magistranti
Annotatsiya: Maqolada boshlang‘ich sinf “Ona tili va o‘qish savodxonligi”
darsliklaridagi matnlar ustida ishlash orqali tinglab tushunish nutqiy malakalarini
shakllantirish usullari tadqiq etilgan.
Kalit so‘zlar: nutqiy malaka, og‘zaki va yozma nutq, tinglab tushunish,
audiomatn, Milliy o‘quv dasturi.
Аннотация: В статье исследованы методы формирования речевых
навыков понимания на слух через работу над текстами по учебникам” родной
язык и читательская грамотность " для начальных классов.
Ключевые слова: устная и письменная речь, понимание на слух, Аудиокнига,
национальная учебная программа.
Annotation: The article explores the methods for the formation of speech skills of
listening and understanding by working on texts in the textbooks of the primary class
“native language and reading literacy”.
Keywords: speech skills, oral and written speech, listening comprehension,
audiomatn, national curriculum.
O‘qish darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish,
ularning tafakkur qilish
faoliyatlarini kengaytirish orqali o‘qilayotgsn matinning mazmunini o‘zlashtirish
imkoni yaratiladi.
1
Badiiy matnlarni tahlil qilish usuli orqali o‘quvchilarning nutqini o‘stirish
maqsadga muofiqdir. Ma’lumki, so‘zlashuv tili nutq o‘stirishning dastlabki bosqichi
hisoblanib, u asta-sekin takomillashib boradi. So‘zlashuv tili esa o‘qilgan matnlarni
og‘zaki hikoya qilishda namoyon bo‘ladi. So‘zlashuvga o‘rganish
barcha darslar
jarayonida amalga oshadi, lekin o‘qish darslari yetakchib ahamiyat kasb etishi kerak.
Kichik-yoshdagi rnaktab o‘quvchilaridagi ma’naviy
kamolot ona tili orqali
1
Q.Shodiеva. Nutq o’stirish uslubiyati. Toshkеnt: “O’qituvchi”, 2002. 5- bet.