Innovative Development in Educational Activities issn: 181-3523 volume


Innovative Development in Educational Activities ISSN: 2181-3523 VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2023



Yüklə 404,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix03.06.2023
ölçüsü404,57 Kb.
#124219
1   2   3   4   5   6   7
153-159

Innovative Development in Educational Activities ISSN: 2181-3523 VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2023
 
 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.938 http://sjifactor.com/passport.php?id=22323
 
 
https://t.me/openidea_uz
Multidisciplinary Scientific Journal April, 2023 
154
 
mujassamlashadi. Ona tili shu jumladan, o‘qish va nutq o‘stirish ta’lim-tarbiya 
jarayonidagi eng muhim vositalardandir. 
O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqlarini me’yorlashda, ularning 
mutanosibligini ta’minlashda, milliy tilning tabiati va o‘ziga xos xususiyatini 
belgilashda, ifoda va talaffuz qonuniyatlarini aks ettirishda ohangdorlik, ya’ni qiroat 
bilan o‘qishning amaliy ahamiyatini o‘stirish, adabiy til me’yori va mezonlariga rioya 
qilish, o‘qish metodlarini takomillashtirish yo‘llarini izlash va eng qulaylarini 
amaliyotga tatbiq qilish zarur. 
Til qonunining ta’limga tatbiqi munosabati bilan bolalarni o‘qishga o‘rgatishdagi 
usullarni to‘g‘ri qo‘llash (ko‘rgazmalilik, tarqatib beriladigan topshiriqli qog‘ozlar 
bilan ishlash yo‘llarini bilish) usullari takomillashtiriladi. 
Bolalarning o‘z fikr-taassurotlarini ifodalashlari uchun savol-javob nutqni 
egallashlariga ko‘proq o‘rin beriladi. His-tuyg‘uli nutq, fikrni ta’sirli ifoda etish, o‘qish 
paytidagi nutq, ertak aytib berishdagi ohang va nutq, hazil-mutoyibadagi nutq 
uyg‘unlashishi, o‘quvchilarga zavq-shavq bag‘ishlashi lozim. 
Bolalarni faollikka o‘rgatish uchun ma’nodosh so‘zlarni topish o‘yinlarini tashkil 
etish, bunday so‘zlarni nutqda o‘rinli qo‘llashni gap tuzishda esa so‘zlar orasidagi 
bog‘lanishga mos turli o‘xshatishlar topish kabi ishlar doimiy ravishda 
o‘tkaziladi.Rasmlarga 
yoki 
tasviriy 
vositalarga 
qarab 
gap 
tuzishni 
gapda so‘zlarning tartibiga, ularning bir-biriga bog‘lanishiga, so‘zlar o‘rnini 
almashtirib, gapni qayta tuzib o‘qishda, izchillikka rioya qilish mashqlarini 
o‘tkazishga e’tibor beriladi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslarida 
hikoya, ertaklar matnini so‘zlab berishda qahramonlar ovoziga taqlid qila bilish; rasm 
va narsalarni taqqoslab tasvirlash, sayr, tomosha, o‘yin, mehnat haqida hikoya qilish, 
misollar keltirish, matnda tasvirlangan voqealar haqida xulosalar chiqarish, badiiy 
matn ustida ishlashga o‘rgatish, matnni qismlarga bolib, ular mazmuniga mos
sarlavhalar topish, ijodiy rasmlar ishlash kabi jarayonlarda bolalar tafakkur qilishga 
o‘rganadilar. 
Bolalarda nutq madaniyatini tarbiyalash uchun og‘zaki nutq namunalaridan 
foydalanish, ularga taqlid qilish, ko‘proq yod olishga e’tibor berish mashqlarini 
o‘tkazish tavsiya etiladi. Bolalarga hamisha o‘z nutqiga e’tiborli bo‘lish, o‘rtoqlarining 
nutqiga odilona baho berishga o‘rgatiladi. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining 
yod olish qobiliyatlarini rivojlantirish borasida o‘tmishdagi maktablar tarjibasi juda 
qo‘l keladi. Qadimda maktablarda bolalar o‘qiganlarini yod olish usullarini o‘zlashtirib 
olganliklari uchun ularning xotiralari yaxshi bo‘lganligi ma’lumdir. Shularni hisobga 
olib, o‘quv dasturida yodlash uchun 12-14 ta she’r namunalari berildi. Ular ham 



Yüklə 404,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin