Innovative Development in Educational Activities issn: 181-3523 volume


Innovative Development in Educational Activities ISSN: 2181-3523 VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2023



Yüklə 404,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix03.06.2023
ölçüsü404,57 Kb.
#124219
1   2   3   4   5   6   7
153-159

Innovative Development in Educational Activities ISSN: 2181-3523 VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2023
 
 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.938 http://sjifactor.com/passport.php?id=22323
 
 
https://t.me/openidea_uz
Multidisciplinary Scientific Journal April, 2023 
155
 
ta’limiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga egadir. She’rni yoddan aytishda ifodalilikka, nutq 
odobiga rioya qilish, shoshilmay, yoqimli ovozda o‘qish talab etiladi. 
O‘qituvchi “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslarida o‘z nutqining bolalarga 
qanday ta’sir etayotganini kuzatishi, tushunarli va qiziqarli bo‘lganini hisobga olishi 
kerak. Agar bolalar darsda e’tiborsiz o‘tirsalar, demak, o‘qituvchi nutqining ta’sir 
kuchi sust. U o‘z nutqini hamma bolalarga, goho ayrim bolalarning xulq-atvoriga 
qaratgan holda boshqarishi, qiziqarli misollar aytishi, o‘quvchilar e’tiborini tortib, 
o‘rinli imo-ishoralar ishlatishi, qo‘lni besabab harakatlantirmasligi, bir nuqtaga qarab 
emas, balki sinf jamoasining diqqatini tortgan holda gapirishi kerak. 
“Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslarida ko‘pincha obrazli nutq asosidagi 
suhbat, savol-javob kabi usullardan foydalaniladi. Tilimizning lug‘at boyligi tarkibida 
yorqin, ifodali nutqni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan hamma vositalar mavjud. 
So‘zlarni ko‘chma ma’noda ishlatish imkoniyati va buning natijasida so‘zlarning ko‘p 
ma’no kasb etishi lug‘atimizning yanada boyishiga imkon beradi. 
Bola nutqining taraqqiyotini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan tajribalar dastlab 
so‘zlarning vujudga kelishi va shu asosda dastlabki umumiy tushunchalarning paydo 
bo‘lib, shakllanishini ko‘rsatadi. 
“Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslarida xilma-xil usullarni qo‘llash bola 
uchun qiziqarlidir. Jumladan, ovozni saqlay bilish. O‘qituvchi bu ishga jiddiy e’tibor 
berishi, bunda o‘zi namuma bo‘lishi zarur.
Bolalarning nutqini o‘stirishda ikki asosiy talabni hisobga olish lozim: og‘zaki 
nutqdagi izchillik, fikrlash, ifodalilik, pauza (to‘xtam), temp (sur’at). Yozma nutqda 
og‘zaki nutq asosida hosil bo‘lgan bilim-malaka va tushunchalarning uzviyligini 
ta’minlash. Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturi talablariga ko‘ra 
o‘quvchilar erkin fikrlashga o‘rganishlari lozim. Fikrlash esa bolada darrov hosil 
bo‘lmaydigan jarayon bo‘lib, uni yuzaga chiqarish uchun rejali ish olib borish lozim. 
Fikrni rejali ifodalash nutq o‘stirish ishlarida ayniqsa, muhim ahamiyat kasb 
etadi. Reja tuzishni o‘quvchilai birinchi sinfdanoq mashq qilganlari uchun ma’lum 
ko‘nikmaga ega ekanliklarini hisobga olib, ikkinchi sinfda bu ishni tez-tez takrorlash 
maqsadga muvofiqdir. Mazkur sinfda ham reja tuzish ishlariga o‘qituvchi rahbarlik
qilishi va o‘quvchilarda mas’uliyatni sezish hissini yuzaga keltirishi kerak. Reja darak, 
so‘roq, ba’zan atov gap shaklida ham tuziladi. Reja asosida bayon qilingan matn tahlili 
o‘quvchilarga tushunarli bo‘ladi 
Boshlang‘ich sinf “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsliklarida berilgan 
matnlar o‘quvchilarining nutqining ravon bo‘lishiga, nutqdagi izchillik, fikrlash, 
ifodalilikning namoyon bo‘lishiga e’tibor qaratiladi.



Yüklə 404,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin