3. Eshitish orqali narsalarning tasvirini topish.
4. Hayvonlarni ovozi orqali tushunib, nomlash.
5. Xursandchilik, achchiqlanish, xafa boʻlish kabi his tuygʻularni eshitish orqali
farqlash.
6. Nutq uslublarini eshitish orqali guruhlash.
7. Audio orqali yoʻnalishni toʻgʻri belgilash.
8. Tinglab turib toʻgʻri yozish.
9. Maʼlumotlarni jadvallarga toʻgʻri joylashtirish.
10. Audiomatnni rasm bilan bogʻlab, mazmun chiqazish kabi.
Bu kabi topshiriqlar tinglab tushunish koʻnikmasini shakllantirish uchun
amalga oshirilgan katta yutuqlardan biridir.
Tajribamiz davomida 1-sinf “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsligida
keltirilgan bir nutqiy mavzu doirasidagi tinglab tushunish mashqlarini tahlil qilib, dars
jarayonida qoʻllab koʻrganimizda yaxshi natijalarga erishdik. Xususan, “Uy
hayvonlari” mavzusiga doir quyidagi tinglab tushunish topshirigʻi keltirilgan.
Bunda oʻquvchilarga ovoz kuchaytirgich orqali darslikda keltirilgan
hayvonlarning ovozlari eshittirildi. Oʻquvchilar rasmdagi hayvonlarning ovozini
Innovative Development in Educational Activities ISSN: 2181-3523 VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2023
Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.938 http://sjifactor.com/passport.php?id=22323
https://t.me/openidea_uz
Multidisciplinary Scientific Journal April, 2023
158
tinglab, qaysi hayvon qanday ovoz chiqarishi va harakat qilishini tasavvur qilib
koʻrganlaridan soʻng, quyidagi savollar bilan qisqa ogʻzaki suhbat oʻtkazildi:
1. Ot qanday ovoz chiqarar ekan?
2. Eshak qanday ovoz chiqardi? Uni ovoz chiqarishini nima deymiz?
3. Qoʻylar qanday ovoz chiqardi? Uni avval ham eshitganmiz?
4. Vov-vov, deb qaysi hayvon ovoz chiqardi?
5. Xoʻroz qanday ovoz chiqararkan? Ayting-chi, bu ovozni qaysi vaqt koʻproq
eshitasiz?
6. Hayvonlarga tegishli yana qanday ovozlarni bilasiz? Aytib bering.
Oʻquvchilar bilan savollar asosidagi suhbat yakunlangandan soʻng, ularga
namunadagi singari gap tuzib yozishlari aytiladi. Ular yozishda tinglab
tushunganlariga asoslandi. Ushbu jarayonda nutqiy kompetensiya bilan birga lingvistik
kompetensiyaga oid bilimlar ham qamrab olingan boʻlingan boʻlib, oʻquvchilar gap
tuzish davomidan tinglangan tovushga oid taqlid soʻzlarni(vov-vov, miyov-miyov, ba-
ba, qu-qu kabi.) feʼlga aylantirib(vovulladi, maradi, miyovladi kabi.) hamda
tovushlarga nisbatan qoʻllanuvchi birliklar (hangradi, kishnadi, qichqirdi kabi.) orqali
ifodalab, gap tuzib yoza oldilar.
Ushbu topshiriqda esa, “Echki va uning bolalari” ertagi ovoz kuchaytirgich
orqali eshittirildi. Oʻquvchilar birinchi navbatda ertkani tingladi, soʻngra darslikda
berilgan ertakka oid rasmlar ketma-ketligini aniqlab mashq daftarlariga yozdi. Bu
jarayon juda qiziqarli hamda mazmunli oʻtkazildi.
Bu topshiriq orqali oʻquvchining vizual aloqasi orqali tinglagan matnidagi
voqealar ketma-ketligini tushunib, ularni navbat bilan joylashtirish, yaʼni tinglab
|